Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroqning yangi bosh vaziri Britaniya fuqaroligidan voz kechish uchun ariza berdi
Foto: RIA Novosti
Iroq parlamenti o‘tgan yil dekabrida saylovlar to‘g‘risidagi yangi qonunni qabul qilgandi. Qonunga ko‘ra, Iroqda mansabdorlarga ikki fuqarolikka ega bo‘lish taqiqlanadi.
Iroq bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Tavfiq Allaviy Buyuk Britaniyaning Bag‘doddagi elchixonasiga o‘zining Britaniya fuqaroligini bekor qilishlarini so‘rab ariza topshirdi.
"Men Iroq bosh vaziri lavozimiga tayinlanganim va boshqa har qanday davlat fuqaroligidan voz kechishim shartligi bois mening Buyuk Britaniya fuqaroligimni bekor qilishingizni so‘rayman", - deyiladi Buyuk Britaniyaning Bag‘doddagi elchisi Stiven Xikiga topshirilgan arizada.
Iroq parlamenti o‘tgan yil dekabrida saylovlar to‘g‘risidagi yangi qonunni qabul qilgandi. Qonunga ko‘ra, Iroqda mansabdorlarga ikki fuqarolikka ega bo‘lish taqiqlanadi.
Allaviy 2006-2007 va 2010-2012 yillarda aloqa vaziri bo‘lgan. Iroq prezidenti Barham Solih 1 fevralda Allaviyga hukumatni shakllantirish topshirig‘ini bergandi.
Mavzuga oid
23:18 / 07.04.2026
Iroqda o‘g‘irlab ketilgan amerikalik jurnalist Shelli Kittlson ozod qilindi
12:11 / 21.03.2026
NATO Erondagi urush sabab Iroqdagi missiya xodimlarini olib chiqmoqda
15:03 / 13.03.2026
Iroqdagi harbiy bazaga dron zarbasi oqibatida fransuz harbiysi halok bo‘ldi
11:10 / 13.03.2026