Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyada koronavirus tarqalgani sababli prezident iste'fosini talab qilishmoqda
Petitsiyada infeksiyaning mamlakatga kirib kelishining oldini olish va uning tarqalishini uchun samarali chora ko‘rmagan Mun Chje In keskin tanqid qilingan.
Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje In mamlakatda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurasha olmagani sababli uning iste'foga chiqishi talab qilingan petitsiyani bir milliondan ortiq kishi imzoladi.
Bir kun oldin petitsiyani qo‘llab-quvvatlaganlar soni 500 ming nafar edi.
Petitsiyada infeksiyaning mamlakatga kirib kelishining oldini olish va uning tarqalishini uchun samarali chora ko‘rmagan Mun Chje In keskin tanqid qilingan.
Ekspertlarning qayd etishicha, petitsiyani imzolaganlar soni bir kunda ikki baravarga o‘sishi aholining hukumatdan noroziligi kuchayganini bildiradi.
Mamlakat rahbari saytiga joylashtirilgan har qanday petitsiya 200 mingdan ortiq imzo yig‘sa, hukumat unga javob qaytarishi lozim.
Koreyada koronavirusga chalinish bilan bog‘liq holatlar payshanba kuni 334taga oshib, 1595taga yetdi, 12 kishi vafot etdi.
Mavzuga oid
10:43 / 14.05.2026
400 ming dollarlik firibgarlik: Koreya ish vizasi bilan bog‘liq holat fosh etildi
10:44 / 23.04.2026
Koreyada vafot etgan o‘zbekistonlik qiz haqida rasmiy bayonot berildi
10:59 / 10.04.2026
O‘zbekistonliklar o‘qish uchun eng ko‘p Rossiya va Koreyaga ketmoqda
12:50 / 02.02.2026