Koronovirusning Özbekistonda tarqalişining oldini oliş maqsadida bugun Seuldan kelgan HY514 reysi yölovçilari Toşkent aeroporti xalqaro terminalining alohida zalida vaqtinça sanitariya izolyatsiyasiga joylaştirildi. 

Uzbekistan Airways xabariga köra, Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan bir qator zarur profilaktik tadbirlar ötkazilgandan söng va SARS belgilari yöqligi tasdiqlangandan söng, yölovçilar karantin xonasidan çiqib ketişlariga ruxsat beriladi.

Avvalroq, Seul - Toşkent reysida parvoz qilgan «Drimlayner» oradan 2 soat ötib Inhon xalqaro aeroportiga qaytgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Bundan oldin, Saudiya Arabistoni ziyoratçilarning mamlakatga kirişini vaqtinçalik taqiqlagani xabar qilingandi.

Şuningdek, podşohlik Taşqi işlar vazirligi «yangi koronavirusning tarqalişi xavfi» bölgan mamlakatlar fuqarolarining sayyohlik vizalari böyiça kirişi töxtatilayotgani haqida ma'lum qildi.