Saudiya Arabistoni rasmiylari Makka şahrida Umra amalini bajariş va Madinada Nabaviy Masjidni ziyorat qiliş uçun keladigan fuqarolarning mamlakatga kirişini vaqtinça töxtatib qöydi. Bu haqda podşohlikning Taşqi işlar vazirligi bayonotida aytilgan.

«Umra amalini bajariş va Nabaviy Masjidni ziyorat qiliş uçun podşohlikka kiriş vaqtinça töxtatildi», - deya xabar berdi vazirlik Twitter’da.

Bundan taşqari, Taşqi işlar vazirligi «yangi koronavirusning tarqalişi xavfi» bölgan mamlakatlar fuqarolarining sayyohlik vizalari böyiça kirişi töxtatilayotgani haqida ma'lum qildi.

Bundan oldin, koronavirus yana uçta davlatda aniqlangani, Germaniyada epidemiya boşlangani, Litvada favqulodda holat e'lon qilingani xabar berilgandi.