2015-2019 yillarda Özbekistondagi mehribonlik uylari va bolalar şaharçalarida jami 1112 nafar bitiruvçi öqişni tamomlagan.
Şulardan:
– 40 foizi uy-joy bilan ta'minlangan (449 nafar);
– 43 foizi iş bilan ta'minlangan (481 nafar);
– 8 foizi OTMga öqişga kirgan (86 nafar);
– 5 foizi işlaş uçun xorijga ketgan (51 nafar);
– 4 foizi bola tarbiyasi bilan band (45 nafar).
Bu haqda 26 fevral kuni AOKAda bölib ötgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi.
Xalq ta'limi vaziri örinbosari Dilşod Kenjayev bitiruvçilarning oliy ta'limga qamrab olinişidagi 8 foizlik körsatkiçga izoh berdi.

«Töğri, bu juda kam körsatkiç, biroq bir narsani inobatga oliş kerak: Özbekiston qonunçiligi böyiça töliq davlat ta'minotidagi yetim bolalargagina OTMga öqişga kirişda imtiyoz beriladi.
Töliq davlat ta'minotidagi yetim bolalar toifasiga mehribonlik uylarida yaşab ta'lim olgan, 18 yoşga tölmagan, otasi ham, onasi ham vafot etgan yoki sud qaroriga binoan vafot etgan, deb e'lon qilingan bolalar kiradi.
Bir narsani unutmasligimiz kerak: mehribonlik uylari yoki Bolalar şaharçalarida asosiy e'tibor bolalarni mustaqil hayotga tayyorlaydigan, ularga kasb örgatişga qaratiladi. Ularning özlari ham tezroq hunar örganib, hayotda örnini topişni istaydi.
Bu bilan özimizni oqlamoqçi emasmiz, lekin oliy ta'lim bilan qamrab oliş körsatkiçi kamligining şu kabi sabablari ham bor», dedi Dilşod Kenjayev.

XTV Bolalarni ijtimoiy himoyalaş va qöllab-quvvatlaş boşqarmasi boşliği Fayzulla Ahmedovning aytişiça, 2015–2019-yillarda OTMlarga öqişga kirgan 86 nafar tarbiyalanuvçi – imtiyozga ega bitiruvçilarning 70-80 foizini taşkil etadi.
Bugungi kunda mehribonlik uylarida 300-340 nafar çin yetimlar tarbiyalanmoqda. Respublika taşxis markazi direktori Liliya Baynutdinova ularning hammasi ham yuqori intellekt sohibi emasligini qayd etdi.











