Fuqarolik haqidagi qonunga tuzatmalar kiritilişi sababli Hindiston poytaxti şimolida yuz bergan tartibsizliklar vaqtida 4 kun içida 34 kişi halok böldi, 200dan köproq kişi jabrlandi. Poytaxt ma'muriyati töqnaşuvlardan keyin bir neçta tumanda komendantlik soati joriy qilgan. Nyu-Dehli boş vaziri uşbu tumanlarga armiyani kiritişga çaqirgan.
“Hindiston ommaviy qotilliklar sodir etiluvçi davlatga aylandi. Musulmonlarni induistlar öldirmoqda. Bu odamlar butun dunyoda tinçlikni qanday qöllab-quvvatlay oladi? Bu imkonsizdir”, deb aytgan Erdöğan Anqaradagi çiqişida.
Hindiston parlamenti ötgan haftada Pokiston, Afğoniston va Bangladeşdan kelgan qoçqinlarga fuqarolik berişni soddalaştiriş böyiça taklif berdi - ammo bir şart bilan, ular musulmon bölmasliklari kerak. Şu bilan bir vaqtda, köplab ştatlarda mahalliy musulmonlar Hindiston fuqarosi ekanini isbotlaşi kerak böladi. Agar ular kerakli dalillar keltira olişmasa, ularni deportatsiya kutadi.
Uşbu qonun loyihasi hindistonlik musulmonlarni ğazablantirdi. Ularning fikriça, sönggi tuzatişlar konstitutsiyaga zid, çunki rasman dunyoviy hisoblangan mamlakatda aholining bir qismi diniy e'tiqodidan kelib çiqib kamsitilmoqda. Hindiston şimoli-şarqiy ştatlari aholisi ham qonunga e'tiroz bildirgan — endi ular Bangladeşdan kelgan millionlab odamlar ularning ştatlarida doimiy qolib ketişidan xavotirda. Bu tuzatişlarni mahalliy aholi manfaatlariga zid deb hisoblagan musulmonlar ommaviy norozilik aksiyalarini boşlaşgan.
Sönggi uç kun mobaynida ijtimoiy tarmoqda induistlar jamiyati vakillari qurolsiz odamlarni, jumladan, jurnalistlarni ham kaltaklayotgani tasvirlangan köplab suratlar va videolar tarqaldi. Şahar köçalari böylab kaltaklar va toşlar bilan qurollangan kişilar guruhlari yurib, musulmonlarni ta'qib qilişdi, guruhlar örtasida qonli töqnaşuvlar bölib ötdi.












