Senatning Agrar, suv xöjaligi masalalari va ekologiya qömitasi raisi Bahodir Tojiyevning ma'lumot berişiça, respublikada milliy metrologiya xizmatlarini taşkil etişning şaffof, interaktiv tamoyillari töğri taşkil etilmaganligi, sanoat tarmoqlarini kalibrlaş hamda ijtimoiy sohada metrologiya ta'minoti böyiça tizimning mavjud emasligi sohada qator muammolarni keltirib çiqarmoqda.

“Metrologiya işlarini taşkil etişda xususiy sektor uluşi kamligi, metrologiya laboratoriyalarini modernizatsiya qilişning oqsayotgani sanoat tarmoqlarida metrologiya ta'minotini yaxşilaşga yöl bermayapti. Şuningdek, milliy metrologiya tizimining xorijda tan olinişida jiddiy tösiqlar keltirib çiqarmoqda”, deya qömita raisining sözlarini keltirdi Kun.uz muxbiri.

Ma'lum qilinişiça, bu kamçiliklarni bartaraf etişga yordam berişi kutilayotgan “Metrologiya töğrisidagi qonun” sohada faoliyat olib boruvçi sub'yektlar sifatida Vazirlar Mahkamasi, davlat organlari va yuridik şaxslarning bu boradagi vakolatlari mustahkamlanadi.

Qonunga asosan, ölçaş vositalarini kalibrlaş borasida davlat-xususiy şerikçiligi asosida metrologiya xizmatlari taşkil etiş mumkin böladi. Sanoatga yuqori texnologiyalarni kiritiş, ularning aniqligini ta'minlaşi mumkin bölgan doiralar kengaytiriladi.

Metrologik tekşiruvni amalga oşirişda foydalaniladigan ölçaş vositalarini qiyoslaş, kalibrlaş, sinov vositalarini attestatsiya qiliş usullari aniq belgilab qöyiladi.

Qonun normalarini metrologiya sohasidagi xalqaro hujjatlar qoidalariga moslaştiriş uçun yangi “qadoqlangan tovar” atamasi kiritilmoqda. Bunga köra, davlat metrologiya tekşiruvi va nazorati “qadoqlangan tovarlar” deb nomlangan yangi obekt bilan, şuningdek har qanday turdagi öramlarga qadoqlangan tovarlarni qadoqlaş va sotişda ularning soni ustidan davlat metrologiya nazoratini tartibga soladigan yangi modda kiritilmoqda.