Buning uçun internet va tilni biliş kifoya.

Quyida mustaqil onlayn ta'lim oliş imkonini beruvçi eng ommabop bepul platformalar haqida ma'lumot beramiz.

Harvard universiteti kurslari

Nafaqat AQŞ, balki butun dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biri hisoblangan Harvard universiteti 100dan ortiq bepul onlayn kurslarni taqdim etadi.

Maxsus portalda veb-dasturlaş, moliya, dinşunoslik, kompyuter texnologiyalari, madaniyat, tarix, siyosatşunoslik hamda boşqa sohalarga oid ma'ruzalarni topişingiz mumkin.

Buning uçun röyxatdan ötiş kifoya. Alohida mavzularga bölingan platforma xizmatingizga tayyor.

Manzil: online-learning.harvard.edu

Xan akademiyasi

Harvard biznes maktabi bitiruvçisi Salmon Xon tomonidan notijorat taşkilot sifatida taşkil etilgan Xan akademiyasi (Khan academy) har kimga har yerda yuqori sifatli ta'lim imkoniyatini taqdim etişni maqsad qiladi.

Onlayn akademiyada matematika, tarix, tibbiyot, moliya, fizika, kimyo, biologiya, astronomiya, madaniyat böyiça 4200dan ziyod mikroma'ruzalar bor.

Mavzular sodda tilda tuşuntirilgan. Bundan taşqari, örganilgan mavzu böyiça bilimlarni tekşiriş uçun vazifalar jamlanmasi ham taqdim etiladi. Uşbu platforma masofaviy ta'limning eng yaxşi şakllaridan biri, deya e'tirof etiladi. Ma'ruzalar bazasi dunyoning köplab tillariga tarjima qilingan.

Xan akademiyasi bazasi bir guruh köngillilar tomonidan özbek tiliga ham tarjima qilinmoqda.

Manzil: khanacademy.org – xanakademiyasi.uz

edX – dunyoning eng yaxşi universitetlarini birlaştiruvçi platforma

edX platformasi dunyoning eng nufuzli oliygohlari − Harvard universiteti, Stenford universiteti, Boston univeriteti, Massaçusets texnologiyalar instituti, Sorbonna universiteti kabilarning onlayn ma'lumotlar bazasini yagona manzilda jamlaydi.