Prezident Şavkat Mirziyoyev 28 fevral kuni Yaşnobod tumanidagi Texnoparkka taşrif buyurdi.

«Toşkent mexanika zavodining ulkan hududi va binolaridan samarali foydalaniş maqsadida Texnopark taşkil etilgan edi. Davlatimiz rahbari ötgan yili 28 iyunda bu yerga kelib, loyihalar taqdimoti bilan tanişgandi.
Texnoparkda 2020-2021 yillarda umumiy qiymati 393 million dollardan ziyod bölgan 15 ta korxonani işga tuşiriş möljallangan. Ularda kir yuviş maşinalari, oşxona plitalari, sovutkiç va muzlatkiçlar, sanoat konditsionerlari, lift va eskalatorlar, elektr texnikasi mahsulotlari işlab çiqariş közda tutilgan.
Bu yerda zarur muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari mavjud. Tadbirkorlarga qulaylik yaratiş maqsadida logistika markazi taşkil etiladi. Işlab çiqariladigan mahsulotlarning mahalliylaştiriş darajasi 35-40 foiz böladi. Şuningdek, yiliga 186 million dollarlik eksport qiliş rejalaştirilgan», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Prezident Texnopark hududida işga tuşirilgan ilk loyiha – elektron gaz hisoblagiçlar korxonasi faoliyati bilan tanişdi, mahsulotlar namunalarini közdan keçirdi.

50 million dollar investitsiya hisobiga taşkil etilgan korxonada yiliga 3 million dona elektron gaz hisoblagiçlar tayyorlanadi. Bu «aqlli» hisoblagiçlarga sim-karta örnatilgan bölib, işlatilgan tabiiy gaz hajmi haqidagi ma'lumotni onlayn rejimda markaziy serverga uzatadi. Şu tariqa hisoblaşda billing tizimi joriy etiladi va inson omili qisqaradi.
Uşbu hisoblagiçlar xavfsizlik jihatidan ham qulay. Ularga örnatilgan me'yor uskunasi ortiqça gaz bosimini pasaytirib, bir xilda yetkazib beradi. Bu orqali aholi xonadonlari va inşootlarda yonğin yoki boşqa köngilsiz holatlarning oldi olinadi.
Bugungi kunda mamlakatimizda 3,5 million dona elektron gaz hisoblagiçga ehtiyoj mavjud. Korxona uşbu ehtiyojni bir yilda qoplab, kelgusi yildan 7,7 million dollarlik mahsulotni eksport qiliş quvvatiga ega. Buning uçun korxona hamkori Italiyaning «Petro Fiorentini» kompaniyasi bilan tegişli şartnoma tuzilgan.
Davlat rahbari korxona faqat sotiş bilan çeklanib qolmay, hisoblagiçlarni örnatişdan tortib xizmat körsatişgaça mas'ul bölişi, ekspluatatsiyaga javob berişi kerakligini ta'kidladi.












