Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 27 fevraldan Saudiya Arabistonining Jidda va Madina şaharlariga barça reyslarni vaqtinçalik töxtatdi.  

Bu haqda aviakompaniya xabarida ma'lum qilindi.

Bu çora Saudiya Arabistoni hukumati ziyoratçilarning mamlakatga kirişini vaqtinçalik taqiqlagani bilan boğlangan. Uşbu taqiqlov ostiga 25 ta davlatdan keluvçi, jumladan özbekistonlik turist va ziyoratçilar tuşgan bölib, u koronavirus tarqalişi xavfining oldini oliş zarurati bilan tuşuntirilgan. 
    
Şu bilan birga aviakompaniya qisqa vaqt içida Saudiya Arabistonidan özbekistonliklarni qaytariş maqsadidagina uşbu mamlakatga bir neçta reysni amalga oşiradi. 

Qöşimça ma'lumotlar uçun Özbekiston musulmonlari idorasining 71-240-39-33 telefon raqamiga yoki 78-140-02-00 orqali aviakompaniyaning yagona aloqa markaziga murojaat qiliş mumkinligi ma'lum qilingan.