Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida 27 fevral kuni tadbirkorlikni rivojlantiriş orqali kambağallikni qisqartirişga qaratilgan çora-tadbirlar böyiça videoselektor yiğilişi bölib ötdi.
«Men bu haqda birinçi marta Oliy Majlisga Murojaatnomamda gapirdim, ya'ni bizda kambağallikning köpligi töğrisida.
Afsuski, biz şu paytgaça aksariyat fuqarolarimiz haqiqatan ham kambağal ekanini körib-körmaslikka, eşitib-eşitmaganlikka oldik. Bu notöğri. Afsuski, dastlabki hisob-kitoblarga köra, xalqimizning 4-5 foizi kambağal ekani ayniqlandi. Endi yaşiriş kerak emas, oğir şaroitlarda yaşayotgan odamlarimizning asl muammosi, vaziyatini tuşunişimiz, barça toifadagi rahbarlar dunyoqaraşimizni özgartirişimiz lozim böladi.
Bizdagi ma'lumotlarga köra, ayrim oilalarning topayotgan oylik daromadining qariyb 70 foizi, Xudo körsatmasin, öşa xonadonda kimdir oğir betob bölsa, yetmay qolyapti. Xöş, bunday oilalarni öziga töq, deya olamizmi? Albatta, yöq. Rosti, prezident sifatida odamlarimizning nima iste'mol qilayotgani, soğliği haqidagi öylar har kuni meni qiynaydi.
Qaşqadaryo viloyati kambağallik muammosi böyiça eng oğir hudud hisoblanadi. 700 ming aholi kambağal. Bu jami aholining qariyb 21 foizini taşkil etmoqda. Bu vaziyatda Qaşqadaryoda rahbarlar bir joyda ötirişi mumkin emas. Odamlarimizni bunday oğir şaroitdan qanday çiqarib olamiz, degan savolni öziga berişi lozim.
Şuningdek, Qoraqalpoğiston Respublikasida 500 ming, Surxondaryo viloyatida 500 ming, Namangan viloyatida 400 ming, Jizzax viloyatida 210 ming va Sirdaryo viloyatida 130 ming aholi kambağal. Bu raqamlarni mahallalar kesimida olsak, yanada oğir raqamlarga guvoh bölamiz. Masalan, Parkent tumanining «Yangiobod» mahallasida 1039 nafar kam ta'minlagan va kambağallar bor. Oltinsoy tumani «Mirşodi» mahallasida 906 nafar, Boysun tumani «Töda» mahallasida 504 nafar fuqarolarimiz oğir ahvolda yaşayapti.
Endi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hokimlarning birinçi örinbosarlari bilan birgalikda kambağallikni kamaytiriş va tadbirkorlik muhitini şakllantirişi lozim böladi.
Har bir hududda bittadan kasb-hunar kollejida xorijlik mutaxassislarni jalb qilgan holda biznes va kasbga öqitiş markazlari taşkil qilinadi. Kambağallikni kamaytiriş – bu oilaning oylik yoki nafaqasini köpaytiriş, ommaviy kredit beriş, degani emas. Ta'bir joiz bölsa, şu vaqtgaça biz odamlarimizga baliq berdik. Bu tajriba özini mutlaqo oqlamadi. Xalqimizga baliq tutişni örgatişimiz, qarmoq berişimiz lozim», deya prezidentning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
















