2020 yil 28 fevral kuni Doha şahrida Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov AQŞning Afğonistondagi yaraşiş masalalari böyiça maxsus vakili, elçi Zalmay Xalilzod bilan uçraşdi.
Özbekiston taşqi siyosat idorasi xabariga köra, uçraşuvda AQŞning mintaqadagi siyosati arxitektorlaridan biri bilan Afğonistondagi tinçlik jarayonining yangi bosqiçidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Ma'lumot uçun, Özbekiston taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov boşçiligidagi delegatsiya rasmiy taklifga binoan 29 fevral kuni Doha şahrida bölib ötadigan AQŞ va «Tolibon» harakati örtasida bitim imzolaş marosimida iştirok etadi.
AQŞ va «Tolibon» fevral oxirida tinçlik kelişuvi imzolaşi kutilmoqda













