Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalq tabobati akademiyasi raisi: «Tabiblarni o‘qitmasak bo‘lmaydi. Ularning 80 foizi ilmsiz»
Xalqaro press-klubning "Xalq tabobati: tarixiy an'analar, zamonaviy yondashuvlar va muammolar tahlili" mavzusiga bag‘ishlangan uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq tabobati akademiyasi va O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi Shifobaxsh dorivor o‘simliklar yetishtirish va qayta ishlash markazi vakillari ishtirok etmoqda.
Xalq tabobati akademiyasi raisi, texnika fanlar nomzodi Mehri Navro‘zovaning so‘zlariga ko‘ra, xalq tabobatiga ijobiy munosabatda bo‘lganlar ham, salbiy munosabatdagilar ham bor.
“Xalq tabobatiga ijobiy munosabatda bo‘lganlar ham, salbiy munosabatdagilar ham bor.
Tabiblarni o‘qitmasak bo‘lmaydi. Ularning 80 foizi ilmsiz. Shu sababli ham fuqarolarimizda ularga ishonch yo‘q.
Bir soatda rakni davolaymiz, deb aytadigan tabiblar bor. Unaqalarga biz eshigimizni yopamiz. Biz shunday tabiblar bilan kurashishimiz kerak”, - deydi Mehri Navro‘zova.
Sog‘liqni saqlash vazirligi boshqarma boshlig‘i Farhod Rahimqulovning aytishicha, tabiblarga yangi talablar ham qo‘yiladi.
“Tabibning ishxonasi qanday bo‘lishi kerak? U gigiyena talablariga javob beradimi? Endi tabiblarga shu kabi talablar ham qo‘yiladi.
A'zolar bilan bog‘liq har qanday kasallikning xuruj davrida vrachga borgan yaxshi. Undan boshqa holatlarga tabibga ko‘rinish mumkin”, - deydi Farhod Rahimqulov.
Mavzuga oid
18:32 / 20.05.2025
Xalq tabobati bilan shug‘ullanish uchun litsenziya kimlarga va qay tartibda beriladi?
19:01 / 23.07.2024
SSV soxta tabiblardan ogohlantirdi
13:09 / 06.01.2023
“Xalqimizni dori bilan boqyapmiz” - Ro‘zimuhammad Xonnazarov tibbiyotdagi ahvol va farmsanoat qudrati haqida
16:01 / 30.09.2022