Turkiya poytaxti Anqarada Suriya böyiça Rossiya va Turkiya maslahatlaşuvining navbatdagi bosqiçi ötkazildi. Rossiya TIV rasmiy bayonotida har ikki tomon taranglikni pasaytiriş va terrorçilar bilan kuraşiş maqsad qilib olinganini tasdiqlagani aytilmoqda.
26-28 fevral kunlari bölib ötgan muzokaralarda RF prezidentining Suriya masalasi böyiça maxsus vakili A.Lavrentev, RF TIV rahbarining örinbosari S.Verşenin va Turkiya TIV rahbari örinbosari S.Önal qatnaşgan.
Rossiya TIV öz bayonotida muzokaralar çoğida Idlib eskalatsiyadan xalos böliş zonasidagi vaziyatni barqarorlaştirişga erişiş yölida 2017 yil 4 maydagi hamda 2018 yil 17 sentyabrdagi memorandumlarning töliq bajarilişini ta'minlaş asosida konkret qadamlar muhokama qilinganini ta'kidlagan.
«Har ikki taraf BMT Xavfsizlik Kengaşi tomonidan terrorçi deb tan olinganlarga qarşi kuraşda «yer ustida» taranglikni pasaytiriş, şuningdek, eskalatsiyadan xalos böliş zonasi içidagi va taşqarisidagi fuqarolardan iborat aholini himoya qiliş va barça ehtiyojmandlarga şoşilinç insonparvarlik yordami körsatişga bölgan maqsadlarni tasdiqladi», deb ta'kidlanadi Rossiya TIV bayonotida.













