Buxoroda bugun ötkazilgan viloyat faollarining yiğilişida bir qator tumanlarda hokimlar tayinlovlari amalga oşirildi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi axborot xizmati.

Kogon tumaniga rahbarlik qilib kelgan Yöldoş Jumayev ayni paytda Buxoro viloyat hokimining örinbosari — mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş boşqarmasi boşliği lavozimiga tayinlangan.

Endilikda ayni kunga qadar Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qiliş inspeksiyasi boşliği lavozimida işlab kelgan Muhiddin Esonov Kogon tumani hokimi vazifasida iş boşladi.

Ma'lumot uçun, Muhiddin Esonov 2011—2016 yillarda Buxoro viloyatiga hokimlik qilgan. Viloyat hokimligidan olingaç, ma'lum muddat Buxoro tumaniga rahbarlik qilgan edi.

Avvalroq, prezident qaroriga asosan Özbekiston boş vazirining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantiriş masalalari böyiça maslahatçisi Abrol Jabaroviç Vahobov Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qiliş inspeksiyasi boşliği lavozimiga tayinlangan edi.