Bu haqda Bloomberg axborot agentligi yozmoqda. Ta'kidlanişiça, tadbirkorlarning bu yöqotişlari ularning 2020 yil boşidan beri qölga kiritgan daromadlaridan köproqni taşkil qilgan. Eng katta yöqotişlarga Amazon rahbari Jyeff Bezos uçragan, uning kapitali 11,9 mlrd dollarga kamaygan.   

Şuningdek, bozorlardagi qulaşdan Microsoft asosçisi Bill Geyts va LVMH kompaniyalari guruhi egasi Bernar Arnoga ham jiddiy ziyon yetgan – ular mos ravişda 10 va 9 mlrd dollardan yöqotişgan. 

Yöqotişlar kattaligi böyiça 4-örinda Ilon Mask joylaşgan. Amerikalik tadbirkor Tesla kompaniyasi aksiyalari qadrsizlanişi oqibatida 9 mlrd dollar yöqotgan. Öz navbatida, taniqli sarmoyaçi Uorren Baffet 8,8 mlrd dollardan mahrum bölgan. 

Bundan taşqari, Bloomberg antireytingiga Inditex asosçisi Amansio Ortega (6,8 mlrd dollar), Facebook rahbari Mark Tsukerberg (6,6 mlrd dollar), meksikalik milliarder Karlos Slim (6,3 mlrd dollar), Google asosçilari Larri Peyj (6,4 mlrd) va Sergey Brin (6,2 mlrd dollar) kirgan.

Axborot agentligining yozişiça, birja kurslarining pasayişi dunyoning eng boy odamlarining 80 foiziga ta'sir körsatgan. Mutaxassislar bunday salbiy körsatkiçlarni koronavirus epidemiyasi va Xitoyda bu vaziyat sababli iqtisodiy pasayiş kuzatilişi mumkinligi xavotiri bilan boğlaşmoqda.

Şuningdek, epidemiya bortida koronavirusdan 5 kişi vafot etgan Diamond Princess kruiz layneriga egalik qiluvçi Carnival Corp. kompaniyasi rahbari Mik Arisonga töğridan-töğri ta'sir qilgan. Oxirgi haftaning özida biznesmen 1 mlrd dollar yöqotdi.