Texas ştatining Frisko şahrida bölib ötgan boks oqşomida Isroil Madrimov venesuelalik Çarli Navarroga (29-10, 22 KO) qarşi ringga çiqdi. 10 raundga möljallangan jang 6-raunddayoq yakunlandi. Özbekistonlik boksçi tajribali raqibini avvaliga nokdaun holatiga tuşirdi, keyin esa zarbalar seriyasi orqali uni yana bir marta polga qulatgaç, hakam jangni töxtatib, texnik nokaut qayd etdi.
Endilikda Isroil Madrimov super yarim örta vazn toifasining WBA çempionlik kamari uçun birinçi raqamli da'vogarga aylandi.

Eslatib ötamiz, Isroil Madrimov professional boksda sönggi marta ötgan yilning 5 oktyabrida meksikalik Alexandro Barreraga (29-6, 18 KO) qarşi ringga çiqqan va raqibini texnik nokaut evaziga mağlub etgandi.















