Koronavirus Janubiy Koreyada: vaziyat çindan ham oğirmi?
|01:50 / 01.03.2020112 3538 min
«Koreyada koronavirus tarqalişi avj olmoqda», «Hozir Koreyada qoliş juda xavfli, tezda Özbekistonga qaytiş kerak», «Koreyada virus yuqtirib olgan xorijliklarga qanday yordam körsatişmoqda?», «Koreyada hozir hamma virusga çalinmoqda...» Mana şunday vahimali sözlar köpçilikning quloğiga çalingan bölsa kerak.
Foto: news.joins.comFoto: news.joins.com
Nahotki, Janubiy Koreyada ahvol şu qadar oğir? Odamlar internetda tinimsiz muhokama qilayotgan xabarlar haqiqatga qançalik yaqin? Koreya hukumati koronavirus tarqalişining oldini oliş uçun qanday çora-tadbirlarni amalga oşirmoqda? Mana şu savollarga oydinlik kiritişga harakat qilamiz.
Foto: koreatimes.co.kr
Janubiy Koreyaga öqiş va işlaş maqsadida ketgan Özbekiston fuqarolari köpçilikni taşkil etadi. Ayni damda bu yerda 75 mingdan ortiq özbekistonlik yaşaydi.
Keling, endi sizlarga mamlakatdagi vaziyat haqida sönggi ma'lumotlarni taniştirsam.
Koronavirus raqamlarda
29 fevral, soat 16:00 dagi holatga qöra, Janubiy Koreyada koronavirusga çalinganlar soni 3100 nafardan oşgan. Kasallikka çalinganlar 28 fevraldagiga nisbatan 1100 kişiga köpaygan. Bemorlar bilan yaqin aloqada bölişi mumkin bölgan yana 35 mingdan ortiq kişi tekşiruvga olingan. Tuzalganlar 28 nafar, vafot etganlar 17 nafarni taşkil etadi. Bu körsatkiç oşişi ehtimoli mavjud.
Mamlakat hududlari böyiça kasallanganlar soniKoreyada kasalligi tasdiqlangan kişilarning umumiy soni. Manba
Ayni damda, Janubiy Koreya virus avj olişi böyiça Xitoydan keyingi ikkinçi davlat bölib qolmoqda.
70 dan ortiq davlatlar koronavirus tarqalişi xavfining oldini oliş maqsadida Janubiy koreyaliklarga mamlakatga kiriş uçun çeklovlar qöyib, qat'iy karantin tartiblarini joriy qilmoqda. Özbekistonda ham Koreyaga bölgan qatnovlar vaqtinça töxtatilmoqda.
Hukumat nima qilmoqda?
Avvalo, qayd etiş joizki, Janubiy Koreya pandemiya va virus holatlariga tayyor mamlakatlar orasida dunyoda 9-örinda turadi. Bu röyxatning eng yuqorisida AQŞ, Buyuk Britaniya hamda Niderlandiya joylaşgan. Mamlakatda soğliqni saqlaş tizimi juda ham samarali faoliyat olib boradi.
Mavzuga oid
Manba: Global salomatlik xavfsizligi indeksi, 2019
Tibbiyot maskalari
Koronavirus xavfi oşgani sayin tibbiyot niqoblariga bölgan talab ham orta boşladi. Dorixona va supermarketlarda sotiladigan niqoblar deyarli qolmadi. Internet dökonlarda esa ularning narxi ikki-uç barobar oşib ketdi. Hukumat aholining tibbiyot niqoblariga bölgan ehtiyojini qondiriş maqsadida butun Koreya böylab niqoblarni arzon narxlarda tarqatişni boşladi. Ayni damda har bir hududda aholiga navbat bilan kişi boşiga beş donadan niqob sotilmoqda. Bugun biz ham oilamiz bilan arzon niqoblardan sotib oldik.
Janubiy Koreya hukumati eng avvalo içki talabni qondiriş uçun tibbiy niqoblar eksportini çeklaşini e'lon qildi. Endi Koreyadagi firmalar may oyigaça özlari işlab çiqargan niqoblarning köpi bilan 10 foizgaça bölgan qisminigina çet elga eksport qila oladi. Mahsulotlarning asosiy qismi esa içki bozorga yetkazib beriladi.
Kundalik hisobot va ma'lumotlar oçiqligi
Janubiy Koreya hukumati va tegişli idoralar mamlakatda tasdiqlangan kasalliklarning töliq röyxati hamda koronavirusga tegişli barça ma'lumotlar bilan aholini har kuni xabardor qilib bormoqda. Vazirliklarning rasmiy saytlaridagi ma'lumotlar soat sayin yangilanmoqda. Hattoki, barça kasallanganlarning töliq röyxati va infografikasi oçiqçasiga e'lon qilinmoqda.
Foto:news.joins.com
Keça, 28 fevral kuni biz yaşaydigan Vonju şahrida ham koronavirusga çaliniş bilan boğliq ilk holat aniqlandi. Bundan OAV yoki TV orqali xabar topdi, deb öylaşingiz mumkin. Yöq, bu haqda şahar hokimiyati mobil SMS orqali tezkorlik bilan xabar berdi. Şuningdek, kasallikka çalingan kişining manzili, oila a'zolari, virus aniqlanişiga qadar qayerda bölgani töğrisida barça batafsil ma'lumotlar ham yuborildi.
Mobil telefonimga kelgan SMS-xabarlar
Bundan taşqari, uyimizda maxsus spiker örnatilgan. Unda xöjalik boşqaruvi xodimlari muhim holatlar va eslatmalarni e'lon qilişadi. Har kuni telefonimga koronavirusga oid eng sönggi xabarlar kelib turibdi. Koreya bejizga Hukumat şaffofligi indeksi (Open Government Index) böyiça jahonda yetakçi öntalik röyxatiga kiritilmaganiga işonç hosil qildim.
Prezident va vazirlar
Seuldan 300 km uzoqlikda joylaşgan, 2,4 million aholi yaşovçi Tegu şahri Covid-19’ning bu mamlakatdagi asosiy öçoğiga aylanganidan xabardorsiz. Koreya prezidenti Mun Çje In Tegu şahrida koronavirus bilan boğliq işlar qanday olib borilayotganini bevosita tekşiriş uçun şaxsan özi taşrif buyurdi.
Prezident Tegudagi uçraşuvlar vaqtida. Foto: 연합뉴스
Tegu şahar hokimiyatida rasmiylar bilan bölib ötgan uçraşuvda uşbu şahar, hamda unga yaqin bölgan şaharlarga davlat tomonidan barça zaruriy yordamlar berilayotganini va bu davom etişini yana bir bor ta'kidladi.
Kun davomida boş vazir ham Tegu şahriga yetib keldi va prezidentning topşiriğiga binoan şaharda olib borilayotgan işlarni nazorat qilib boriş uçun şu yerda qoladigan böldi.
Mamlakat soğliqni saqlaş vaziri örinbosari Kim Gan Nip virus tarqalişi böyiça har kuni jonli brifing ötkazmoqda. Şuningdek, uşbu brifing bir vaqtning özida ingliz tilidagi tarjima bilan Arirang kanali hamda hukumat rasmiy veb-sayti Korea.net da ham namoyiş etilmoqda.
Koreya soğliqni saqlaş vaziri örinbosari Kim Gan Nip brifing vaqtida. Foto: Koreaherald.com
Koreyada şifokorlar tomonidan gumonlangan barça şaxslar, jumladan xorijliklar ham bepul tekşirilmoqda. Şuningdek, koronavirus taşxisi qöyilsa, bemorlarni davolaş ham töliq davlat tomonidan amalga oşirilmoqda. Yaponiya hozirga kelib, bor-yöği 1800 dan ortiq kişini tekşiruvdan ötkazgan bölsa, Koreyada bu raqam 40 mingni taşkil etadi.
Koreya kasalliklarni nazorat qiliş va oldini oliş markazlari (Korea Centers for Disease Control and Prevention) tomonidan ham infeksiyani öz vaqtida oldini oliş va epidemik holatda aholi xabardorligini yanada oşiriş böyiça köplab işlar amalga oşirilmoqda. Turli sörovnomalar ötkazilmoqda, davlat taşkilotlari va muassasalari, xizmat körsatiş idoralari va uydagi liftlarga qöllarni dezinfeksiya qiliş vositalari örnatilmoqda, maxsus eslatmalar tarqatilmoqda.
Şuningdek, mamlakat Adliya vazirligiga qaraşli immigratsiya xizmati ham Koreyada qonuniy röyxatdan ötgan va hozirda Koreyada bölib turgan çet el fuqarolari uçun ularning yaşaş muddatini 2020 yilning 30 apreliga qadar avtomatik tarzda uzaytirilişini va buning uçun immigratsiya xizmati bölimlariga boriş talab qilinmasligini ma'lum qildi. Bu çora-tadbirlar Koreyadan taşqarida ham virus tarqalişining oldini oliş maqsadida amalga oşirilmoqda.
Ma'lumotlarga qaraganda, Koreyadagi Samsung, Hyundai Motor, SK, LG, POSCO kabi bir qança yirik kompaniyalar mamlakat böylab virusga qarşi kuraş çora-tadbirlarini qöllab-quvvatlaş uçun kundalik ehtiyoj va şoşilinç tibbiy buyumlarni xayr-ehson qilişni boşladi. Yordamning asosiy qismi Tegu va Şimoliy Gyongsan viloyatiga körsatilmoqda.
Samsung: $24.6 mln.
Hyundai: $4 mln.
SK Group: $4 mln.
LG Group: $4 mln.
POSCO: $4 mln.
Lotte Group, GS Group, Doosan Group va CJ Group har biri $800,000 dan.
Xavotirlar örinlimi?
Yuqoridagi ma'lumotlardan şunday xulosa kelib çiqadi: Janubiy Koreyada koronavirusga çalinganlar soni oşib borayotgan bölsa-da, uning oldini oliş va bartaraf etişga oid işlar ham butun mamlakat böylab katta kölamda olib borilmoqda. Davlat rahbariyati, vazirliklar, soğliqni saqlaş xodimlari mamlakatda holat önglanişi uçun tinimsiz harakat qilmoqda, buning uçun barça imkoniyatlarni safarbar qilmoqda. Koreyaliklarning özi ham vaziyatni yanada oğirlaştirmaslik uçun ehtiyot çoralarini körmoqda.
Şunday ekan, vahima va xavotirga örin yöq. Barçasi Allohning irodasiga boğliq. Uşbu virus ertaga yana qaysi mamlakatga kirib kelişini heç kim bilmaydi. Agarda siz Janubiy Koreyada yaşayotgan bölsangiz, Özbekistonga qaytib, yurtdoşlarimizni ham xavf ostiga qöygandan köra, vaziyat ijobiy tomonga özgarişini kutişni maslahat beramiz.
Kun.uz’ning Janubiy Koreyadagi muxbiri
Feruza Avazova