Mamlakat boş vaziri lavozimi 24 fevalda Mahathir Muhammad iste'foga ketişini e'lon qilgandan keyin egasiz bölib qolayotgandi. Qirol 94 yoşli Mahathirning iltimosini qanoatlantirib, uni vaqtinça boş vazir etib tayinlagandi. Şuningdek, qirol mamlakat tarixida birinçi marta parlament quyi palatasining har bir deputati, partiya va fraksiyalar yetakçilari bilan alohida uçraşuvlar ötkazgan. Qirollik saroyi bayonotida ma'lum qilinişiça, “maslahatlaşuvlar natijalariga köra, Muhiddin köpçilik deputatlar tomonidan qöllab-quvvatlanişi ayon bölgan” va şu sababli uni boş vazir etib tayinlaşga qaror qilingan.        

Biroq sobiq boş vazir Mahathir deputatlarning aksariyati Muhiddin Yassinni boş vazir lavozimida qöllab-quvvatlamasliklarini ma'lum qildi. 

“Oliy hukmdorning Muhiddinni bu lavozimga tayinlaş qarori taajjublidir, çunki u köpçilikning qöllab-quvvatloviga ega emas. Oliy hukmdor bor haqiqatni aytiş uçun men bilan uçraşmoqçi emas”, deb Mahathir aytgan sözlarni keltirib ötgan The Star naşri. Sobiq boş vazirning ta'kidlaşiça, keyingi qadam parlament çaqiriğini ötkazib, unda yangi boş vazirga işonç bildiriş masalasi kötarilişi böladi. 

Mahathirning aytişiça, ayni vaqtda mamlakatda “saylovlarda yuqazganlar hukumatni şakllantirib, parlamentdagi köpçilik esa muxolifatga ketişga majbur bölayotgan ğayrioddiy vaziyat yuzaga keldi”.