«Yaponiya va Italiyada koronavirus tarqalişi munosabati bilan Özbekiston hududida virus tarqalişining oldini oliş maqsadida Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 2020 yilning 1 martidan Tokio va Rimga parvozlarni vaqtinça töxtatdi.
Eslatib ötamiz, Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi bilan birgalikda aviakompaniyaning barça reyslarida yuqori xavfsizlik çoralari joriy etilgani, şu jumladan, Özbekiston Respublikasi davlat çegarasini kesib ötuvçi şaxslar sanitariya-karantin tadbirlari va tibbiy-sanitariya nazoratlaridan ötkazilmoqda», deyiladi aviakompaniya matbuot xizmati xabarida.
Ma'lumot uçun, Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 1 martdan Janubiy Koreyaga bölgan qatnovlarni vaqtinça töxtatgan va uşbu mamlakatdagi fuqarolarini evakuatsiya qilişni boşlagan.
Şuningdek, 27 fevral kunidan Toşkentdan Jidda va Madinaga reyslar töxtatilgan, u yerdagi özbekistonliklarni qaytariş uçun reyslar taşkillaştirilişi rejalaştirilmoqda.













