Jahon | 14:57 / 02.03.2020
4043
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniyada nafaqadagi shifokorlar ham koronavirusga qarshi kurashga jalb etilishi mumkin

Xitoyning Uhan shahrida paydo bo‘lgan va dunyoni «tiz cho‘ktirayotgan» koronavirus haqidagi yangiliklar dunyoning turli burchaklaridan kelishda davom etmoqda. Dunyo bo‘ylab Sovid-19 bilan kasallanganlar soni 89 mingdan oshdi.

Foto: Getty Images

Buyuk Britaniyada virusdan zararlanganlar soni 35 nafarga yetgan. Britaniya sog‘liqni saqlash vaziri virusga qarshi kurash rejasini e'lon qildi.

Vazirlik bergan bayonotda agar epidemiya tarqalishi shu sur'atda davom etsa, nafaqaga chiqqan shifokorlar va hamshiralar ham xizmatga jalb etilishi aytilgan.

Sog‘liqni saqlash vaziri Mett Henkokning bayonotida keltirilishicha, koronavirusga qarshi «kurash rejasi» sifatida belgilangan dastur nafaqaga chiqqan tibbiyot xodimlarini ham ishga chaqirilishini nazarda tutadi.

Hukumat virus tarqalishining oldini olish uchun zarurat bo‘lmaganda sayohat qilmaslik va imkon qadar ko‘proq uyda ishlashni taklif qilmoqda.

Koronavirus vahimasi dunyoni vayron qilar ekan, raqamlar tezlik bilan almashishda davom etmoqda. Koronavirusning yangi turi epidemiyasidan 3060 kishi vafot etdi.

Vafot etganlar soni mamlakatlar bo‘yicha:

Xitoy - 2912
Eron - 66
Italiya - 34
Janubiy Koreya - 26
Yaponiya - 6
«Daymond Prinsess» - 6
Hongkong - 2
Fransiya - 2
AQSh - 2
Avstraliya - 1
Tailand -1
Tayvan - 1
Filippin - 1. 

Kasallik aniqlanganlar soni:

Xitoy - 80026
Janubiy Koreya - 4335
Italiya - 1694
Eron - 1501
«Daymond Prinsess» - 705
Yaponiya - 261
Fransiya - 130
Germaniya - 130
Singapur - 106
Honkongda - 98
AQSh - 88
Ispaniya - 84
Kuvayt - 56
Bahrayn - 47
Tailand - 43
Tayvan - 41
Buyuk Britaniya - 35
Avstraliya - 30 
Malayziya - 29
Kanada - 24
Shveytsariya - 24
Iroq - 21
BAA - 21
Norvegiya - 19
Vetnam - 16
Shvetsiya - 15
Avstriya - 14
Makao - 10
Isroil - 10
Livan - 10
Niderlandiya - 10
Xorvatiya - 8
Gretsiya - 7
Ekvador - 6
Finlyandiya - 6
Ummon - 6
Hindiston - 5
Meksika - 5
Rossiya - 5
Daniya - 4
Pokiston - 4
Filippin - 3
Jazoir - 3
Ozarboyjon - 3
Chexiya - 3
Gruziya - 3
Islandiya - 3
Qatar - 3
Ruminiya - 3
Belarus - 2
Belgiya - 2
Braziliya - 2
Misr - 2
Indoneziya - 2
Afg‘oniston - 1
Armaniston - 1
Kamboja - 1
Dominikan Respublikasi - 1
Estoniya - 1
Irlandiya - 1
Litva - 1
Lyuksemburg - 1
Monako - 1
Nepal - 1
Yangi Zelandiya -1
Nigeriya - 1
San-Marino - 1
Shimoliy Makedoniya - 1
Shri-Lanka - 1.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid