08:54 / 02.03.2020
0
23944

Butun dunyo bo‘ylab koronavirusdan kasallanganlar soni 88 mingdan oshdi

Butun dunyo bo‘ylab koronavirusdan kasalanganlar soni 88,4 ming kishidan oshdi. Xitoydan tashqarida kasallanganlar soni bir sutkada 1,7 mingga ko‘payib, 8410 nafarga yetdi. 

Foto: EPA-EFE/WANG YANBING CHINA OUT

Bu haqda South China Morning Post nashri xabar berdi. 

Virus tarqalishi boshlangan Xitoyda 80026 ta kasallanish holati qayd etilgan, bir kun ichida virusdan 42 kishi halok bo‘lib, qurbonlar umumiy soni 2912 nafarga yetdi. 

Xitoydan tashqarida eng ko‘p kasallanish holati Janubiy Koreyada – 4212 ta, Italiyada – 1694 ta, Eronda – 978 ta va Yaponiyada 961 ta qayd etilgan.

Fransiyada koronavirusga chalinganlar soni 130 nafarni, Singapur – 106, Hongkong – 98, AQSh – 74, Ispaniya – 71, Germaniya – 66, Kuvayt – 45, Tailand – 42, Tayvan – 40, Bahrayn – 38, Buyuk Britaniya – 35, Avstraliya va Malayziya – 29 nafardan, BAA – 21, Kanada – 20, Iroq va Norvegiya – 19 nafardan, Vetnam – 16, Shvetsiya – 15, Makao, Niderlandiya va Shveytsariyada 10 nafarni tashkil qilmoqda.   

Yana 39 ta davlatda 10 tadan kamroq kasallanish holati qayd etilgan. 

Xitoyning qit'adagi qismidan tashqarida bir kun ichida virus qurbonlari soni 109 nafardan 130 nafargacha ko‘paydi: Eronda 54 kishi, Italiya - 34, Janubiy Koreya – 20, Yaponiya – 12, Hongkong, Fransiya, AQSh – 2 kishidan, Buyuk Britaniya, Ekvador, Tayvan va Filippinda bir kishidan vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top