Bahorning ilk kuni Özbekiston bunyodkorligi tarixi yirik hamkorlik bilan yodda qoladigan böldi. Özbekistonning şiddat bilan rivojlanayotgan Murad Buildings developerlik kompaniyasi Qozoğistonning soha gigantlaridan biri bölgan, yillik aylanma mablaği 1,5 mlrd. AQŞ dollarini taşkil qiladigan BI Group kompaniyasi bilan yangi va öziga xos uslubda işlovçi – NRG bunyodkorlik kompaniyasiga asos soldilar.

Poytaxtning haşamatli Hilton mehmonxonasi anjumanlar zalida yirik bayram şaklida taşkillaştirilgan bu taqdimotda siyosatçilar, yirik tadbirkorlar, şou biznes vakillari va köplab xorijiy hamda mahalliy mehmonlarni uçratiş mumkin edi.

Taqdimot dastlabki soniyalaridanoq maqsadlarning naqadar ulkanligini körsatib bera oldi. Murad Buildings asosçisi va rahbari Murod Nazarov hamda BI Group direktorlar kengaşi raisi Oydin Rahimboyevlar yangi taşkil qilinayotgan NRG bunyodkorlik kompaniyasining maqsad va vazifalari haqida sözlab berdilar.

Ma'lumot uçun: BI Group – Qozoğistonning yirik developerlik kompaniyasi. Nafaqat bu davlatda, balki qator boşqa davlatlarda ham faoliyat yuritadi. 8 ming nafardan ortiq xodimlarga ega bu kompaniya 25 yildirki muvaffaqiyat bilan işlab kelmoqda va şu davrga qadar 150 dan ortiq loyihada 5 mln.kv.m.dan ortiq turar-joy va biznes obektlarini qurib bitqazgan. Birgina 2019 yilning özida kompaniya tomonidan 1,5 mln. kv.m.dan ortiq maydon foydalanişga topşirilgan va Murod Nazarovning bildirişiça, bu körsatkiç bizdagi jami developerlik kompaniyalari hajmidan köproqdir. Kompaniyaning yillik aylanmasi 1,5 mlrd. AQŞ dollarini taşkil qiladi.

Taqdimotga taşrif buyurgan BI Group xoldingi boşqaruvi raisi Omongeldi Omarovning ma'lum qilişiça, kompaniya bir vaqtning özida 150 dan ortiq obektlarda faoliyat olib boradi va sohaga möljallangan maxsus dastur orqali barçasi muttasil nazorat qilib boriladi. Kompaniya tomonidan maxsus yaratilgan “Smart remont” dasturi uylarni nafaqat qurişni, balki içki dizayni, ta'mirlaş va jihozlaşni ham közda tutadi. Ayni mana şu dastur ötgan 5 oy davomida Qozoğistonda mingdan ortiq, ya'ni oyiga 200ta xonadonni ta'mirlab, jihozlab tayyor holga keltiriş imkonini bergan.