Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koronavirusni aniqlay oladigan niqob ustida ish olib borilmoqda
Dunyo bo‘yicha qariyb 88 mingdan oshiq odam Covid-19 koronavirusi bilan kasallandi. Xavf va u bilan birga keladigan tashvish butun dunyo bo‘ylab yoyilishda davom etar ekan, olimlar bir necha soat ichida koronavirusni aniqlay oladigan ikki ming funt sterlingli qurilmani sinab ko‘rishmoqda.
Lester universiteti tadqiqotchilari yarim kun ichida koronavirusni aniqlay oladigan niqob ustida ishlashmoqda.
Sinovlari boshlangan ushbu qurilma sil kasalligini aniqlay olishi allaqachon isbotlangan.
Ajalvor virusning tashxisini qulaylashtiruvchi mazkur niqob taqilgan paytda nafas tomchilarini yutadi. Bakterial yoki virusli infeksiya bor-yo‘qligini aniqlash uchun laboratoriyada tekshiriladi va natijani olish bir necha soat vaqtni talab etadi. Hozirgi koronavirus sinovlari 48 soat davom etishi mumkin.
Tadqiqot olib borgan olimlarning ta'kidlashicha, haqiqiy Covid-19 bemorlarida niqobni sinash uchun kamida ikki oy kerak bo‘ladi. Ammo koronavirus nafas olish kasalligi bo‘lgani sababli niqob bir ishga yaraydi, deb umid qilinmoqda.

Hozirgacha faqat sil kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda sinab ko‘rilgan niqoblar o‘lim xavfini 90 foizlik natija bilan aniqlagan. Tadqiqotchilar mazkur turdagi niqob koronavirusda ham yordam beradi, deb o‘ylashmoqda.
Mavzuga oid
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
17:18 / 05.07.2025