Bugun, 2 mart kuni Özbekiston futbol assotsiatsiyasining hakamlik qömitasi yiğilişi ötkazildi, deya xabar bermoqda ÖFA rasmiy sayti.
«Unda Coca Cola Superligasining 1-turidan örin olgan «Paxtakor» – «Navbahor» uçraşuvi hakamligi ham körib çiqildi. Uçraşuv boş hakami Ilgiz Tantaşevning uşbu uçraşuvdagi faoliyati ÖFA hakamlar qömitasi mutaxassislari tomonidan atrofliça örganildi. Buning natijasida boş hakam tomonidan öyin tizgini qöldan çiqarilgani va intizomiy qarorlaridagi xatolari sababli 1 oy muddatga Superliga öyinlaridan çetlatilib quyi ligaga tuşirildi» - deyiladi xabarda.
Ma'lumot uçun, uşbu hakam «Paxtakor» - «Navbahor» (2:1) öyinida har ikki jamoadan bir futbolçini çetlatgan va uçraşuvdagi hakamlik mehmon klubning şikoyatiga sabab bölgandi.
Eslatib ötamiz, Pro-liga bahslari aprel oyidan boşlanişi kutilmoqda. Şunday bölgan taqdirda, jazoga köra quyi ligaga ravona qilingan Tantaşev Pro-ligada işlamay, bir oydan keyin yana Superliga bahslariga qaytadi.













