Ijtimoiy tarmoqlarda Qaşqadaryo viloyati Mirişkor tumani hokimi Baxtiyor Rajabov qöl ostidagilarni juda qöpol sözlar bilan haqoratlagani audioyozuvi tarqaldi.
Ma'lum bölişiça, hokim 28 fevral kungi yiğilişda mahallalar raislarini sökib haqoratlagan.
Audioyozuvda hokim yiğiliş iştirokçilarini pul tuşumlarini öz vaqtida ta'minlamagani uçun turli sözlar bilan haqoratlagani va sökkani, şuningdek, ba'zilarni urgani eşitiladi.
Qaşqadaryo viloyat hokimligi axborot xizmati mazkur hodisa yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
«Audioda turli uyatli sözlar bilan yiğilganlarni «siylagan» [şaxs] tuman hokimi [Baxtiyor Rajabov] ekanligi aniq, inkor etiş fikridan yiroqmiz. Bu borada içki tartibda çora köriş bilan çeklaniş ham mumkin edi.
Ammo, qonuniy ravişda çora körilişi, «Nega oddiy xalq xato qilsa — jazo yoki jarima, hokim xato qilsa — keçirişmi?» kabi tabaqalaştiruvçi gap-sözlar kelib çiqmasligi tarafdorimiz.
Tegişli taşkilotlar tomonidan örganişlar yakunlanişi bilan holat böyiça qöşimça ma'lumotlarni e'lon qilamiz», — deyiladi Qaşqadaryo viloyat hokimligi rasmiy munosabatida.
Özbekiston boş prokuraturasi matbuot xizmati ham mazkur hodisa böyiça munosabat bildirdi.
«Qaşqadaryo viloyati prokuraturasi organlari tomonidan Internet naşrlarida va ijtimoiy tarmoqlarda 2020 yil, 2 mart kuni Mirişkor tumani hokimi B.Rajabovga mansubligi ta'kidlanib tarqatilgan audioyozuvlarning haqqoniyligi, qaçon, qayerda va qanday holatlarda yuz berganligi hamda boşqa holatlar örganilmoqda.
Örganiş natijalari har tomonlama qonun doirasida körib çiqilib, ular yuzasidan qöşimça bayonot beriladi», deyiladi bayonotda.
Ma'lumot uçun, Baxtiyor Eştemiroviç Rajabov 2018 yilgaça Qaşqadaryo viloyatining Koson tumaniga rahbarlik qilgan, 2018 yilning dekabrida işdan olingan, ammo 2019 yilning martida u Qarşi şahri hokimi örinbosari lavozimiga tayinlangan, köp ötmay viloyat hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosariga aylangan, ammo 2019 yil oktyabrida viloyat hokimi Zafar Röziyev işdan ketgaç, uning örinbosarlari qatorida Baxtiyor Jörayev ham lavozimidan ozod etilgan va Mirişkor tumani hokimi lavozimiga








