Konferensiya Qur'on tilovati bilan oçildi.
Tadbirda qatnaşgan Özbekiston Respublikasi boş vaziri örinbosari Aziz Abduhakimov mazkur anjumanning ahamiyati haqida gapirdi.

“Buyuk imom zamonasi islom olamida yot firqa va guruhlar köpaygan bir davr edi. Şunday vaqtda Imom Moturidiy ta'limoti barça adaşgan guruhlar uçun munosib javob böla olgan. Aytiş mumkinki, alloma tutgan yöl bugungi kunda ham öz ahamiyatini zarraça yöqotgan emas.
Yurtimizda nafaqat Imom Moturidiy, balki Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Abu Muin Nasafiy, Burxoniddin Marğinoniy kabi allomalarimizning ilmiy-islomiy merosini örganişda xayrli işlar olib borilyapti. Xususan, Islom sivilizatsiyasi markazi, Özbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Buxoriy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Hadisşunoslik oliy maktabi, hadis, kalom, tasavvuf, aqida, fiqh ilmiy maktablari faoliyati yölga qöyilgani ham fikrimizni tasdiqlaydi.
Öz navbatida, bugungi xalqaro konferensiya ham Imom Moturidiy faoliyatini örganişda muhim ahamiyat kasb etadi. Xalqaro aloqalarimizni mustahkamlaydi”, - deya A.Abduhakimovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Özbekiston hamda Misr örtasidagi döstona aloqalarni yanada mustahkamlaş, Özbekistonning xalqaro maydondagi imijini kötarişdagi alohida xizmatlari uçun “Al-Azhar majmuasi” rahbari, Misr boş imomi şayx Ahmad Tayyibga “Samarqand şahri faxriy fuqarosi” unvoni topşirildi.











