Bu haqda Saudiya Arabistoni soğliqni saqlaş vazirligi xabar qilgan.  

“Laboratoriya tekşiruvlari Erondan Bahrayn orqali kelgan saudiyalik koronavirusga çalinganini tasdiqladi”, deyilgan xabarda. Ayni vaqtda kasallangan fuqaro şifoxonalardan biriga karantinga joylangan, u şifokorlar kuzatuvi ostida qolmoqda. U bilan aloqada bölgan barça kişilar aniqlanib, ulardan tahlillar olingan.    

Avvalroq Saudiya Arabistoni rasmiylari koronavirus tarqalişi bilan boğliq holda Makka şahrida Umra amalini bajariş va Madinada Nabaviy Masjidni ziyorat qiliş uçun keladigan fuqarolarning mamlakatga kirişini vaqtinçalik töxtatib qöygandi. 

Şuningdek, podşohlikda koronavirusga çaliniş holatlari köp sonda qayd qilingan 7 ta davlat - Xitoy, Yaponiya, Singapur, Janubiy Koreya, Malayziya, Italiya va Qozoğiston fuqarolariga elektron turistik vizalar berilişi vaqtinça töxtatilgandi.