Ğolibni 23 ta davlatdan bölgan 60 mutaxassisdan iborat xalqaro hakamlar hay'ati aniqlagan.

Peugeot 208 tanlovda özining asosiy raqobatçilari: BMW 1-Series, Ford Puma, Porsche Taycan, Renault Clio, Tesla Model 3 va Toyota Corolla modellarini ortda qoldira oldi.

Peugeot 208 birinçi marta 2012 yil Jyenevadagi avtosalonda taqdim etilgan.

Peugeot uçun uşbu ğalaba tanlovdagi oltinçisi böldi. Marka tanlovda bungaça oxirgi marta 2017 yilda Peugeot 3008 krossoveri bilan ğolib bölgan.

Umuman olganda, uşbu tanlovda eng köp Fiat ğolib bölgan – 9 marta.

Yevropaning yil avtomobili 1964 yildan beri aniqlanib kelinadi. Uşbu mukofot avtomobillar sohasini yorituvçi professional jurnalistlar guruhi tomonidan topşiriladi.