2 mart kuni ayni masala yuzasidan Interpol milliy markaziy byurosida matbuot anjumani bölib ötdi. Unda «Avto 60 oy» rahbari Jamşid Bahodirovning onasi Malohat Zokirova ham qatnaşib, yiğilganlarga murojaat qildi.

«Sizlardan yordam sörayman, heç kimning pulini yeb ketmaydi. Hamma pullaring «Avto oltmish oy»ning hisobida turibdi. Pullaringni qaytaradi. Özi qiynalgani uçun, xalqqa yordam beriş uçun bu işlarni qilgan. Agar jinoyat qilgan bölsa, jinoyati sud davomida körib çiqiladi.

U ehsonlar qilgan, mehribonlik uylariga xayriyalar bergan. Lekin birovlarning pulini yeb ketgan joyi yöq. Bolam sizlarga zarar yetkazgan bölsa, hammalaringdan uzr sörayman. Xudo xohlasa, suddan eson-omon çiqsa, pullaringni qaytarib beradi», dedi u.

Malohat Zokirova

Onaning sözlariga IIV Tergov departamenti bölim boşliği Azizbek Dolixöjayev munosabat bildirdi.

«Siz hozir yetkazilgan zararning hammasi qoplab beriladi, deb aytyapsiz. MÇJ hisob raqamidagi pullar va mol-mulklar 34 milliard sömni taşkil qilyapti. Odamlardan esa 57 milliard söm jalb qilingan. Qolgan mablağlar qayerda?

Jamşid Bahodirovda 18 ming 818 nafar odamga xuddi şunça avtomaşina yetkazib beriş majburiyati bor. Şunça fuqarodan 96 nafari transport vositasi olgan xolos. Qolganlarga qaysi pul mablağlari hisobidan avtomaşina qilib beradi? U faoliyatini 10 million söm bilan boşlagan. Ustav fondini şakllantirmagan.

Ehson qilişdan oldin 18 ming nafardan ortiq odam oldidagi majburiyatini bajarişi kerak. Agar faoliyatida foydaga kirsa, söngra xayriyalar qilişi mumkin. Ammo şartnoma böyiça majburiyatini bajarmay turib, fuqarolardan olingan pullarni xayriyalarga sarflaşga haqqi yöq», – dedi Dolixöjayev.

Malohat Zokirova tergov paytida öğliga tazyiq ötkazilganini aytmoqda – iddao öz isbotini topmasa, u javobgarlikka tortilişi mumkin.

«Tergov jarayonida bolamga nisbatan tazyiqlar böldi. Öğlimni menga yozgan xatida yozilişiça, 4 noyabrdan 5 noyabrga ötar keçasi «Toşturma»dan olib kelişgan. Öşanda tazyiq ötkazişgan.

Narkologiya dispanseridan ham odam olib kelişgan ekan. Öşa yerda Alişer «oper» va Farhod Ergaşev bölgan. Alişer «oper» öğlimdan 900 ming dollar talab qilgan.