Misrning eng xavfli terrorçilari röyxatida bölgan Hişom Aşmaviy mamlakat qamoqxonalaridan birida qatl etildi. Bu haqda polkovnik Tamer Rifoiy özining Facebook sahifasida ma'lum qildi.
"Terrorçi Hişom Aşmaviyga nisbatan çiqarilgan ölim jazosi çorşanba kuni ertalab ijro etildi", - deyiladi unda.
Aşmaviy va yana 200 nafar ayblanuvçi keyinçalik IŞIDga qöşilgan "Ansor Bayt al-Maqdis" ekstremistik tarmoği işi böyiça javobgarlikka tortilgandi.
Ular Qohira va Janubiy Sinayda sodir etilgan 54ta jinoyat va teraktlarda, jumladan, politsiya xodimlari va mamlakat boş prokurorini öldiriş, içki işlar vaziriga suiqasd qiliş, davlat idoralari, çerkov va masjidlarda teraktlar uyuştirişda ayblangan.
Aşmaviyning qatl qilingani haqida 24 fevralda xabar berilgan, ammo uning advokatlari bu xabarni rad etgandi. Unga va yana 36 nafar terrorçiga nisbatan yakuniy ölim hukmi 2 mart kuni çiqarilgan. Yana 61 nafar ayblanuvçi bir umrlik qamoq jazosiga, qolganlar esa 5 yildan 15 yilgaça ozodlikdan mahrum etilgan. 22 ayblanuvçi vafot etgani munosabati bilan ularga nisbatan jinoyat işi tugatilgan.












