2 mart kuni OAV xodimlari uçun Quyi Çirçiq tumanidagi «TCT cluster» korxonasiga press-tur taşkil qilindi.

Klaster rahbari – Özbekistondagi birinçi paxta-töqimaçilik klasteri ta'sisçisi, senator Murtazo Rahmatov tumanda paxta töqimaçilik klasteriga ötişdagi ilk natijalar böyiça taqdimot qilib, jurnalistlar savollariga javob qaytardi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Murtazo Rahmatov dastlab Özbekistonda yer boşqaruvining klaster tizimiga ötayotgani borasida öz fikrlarini bildirdi.

Unga köra, davlat qişloq xöjaligida öz ijtimoiy-siyosiy rivojlaniş rejalaridan kelib çiqqan holda klaster, fermerlik va yoki dehqon xöjaligi bölsin, ma'lum işlab çiqariş uslubini taşkil qiladi.

«Bizda şu paytgaça fermerlik tizimi amal qilib keldi va bu tizimda ham katta işlar qilindi. Lekin hozirga kelib fermerlar zamonaviy rivojlaniş talablariga javob bermay qöydi. Nima uçun? Çunki bizda katta muammo aholini iş bilan ta'minlaş, işlab çiqarişni texnika bilan ta'minlaş, suv tejovçi texnologiyalarini joriy qiliş va boşqa önlab ijtimoiy muammolar hisoblanadi.

Bu muammolarni fermerlar hal qilolmay qoldi. Şuning uçun ham prezident Şavkat Mirziyoyev bundan ikki yil avval qişloq xöjaligi işlab çiqarişda klaster usulini joriy qiliş talabini qöydi.

Biz esa birinçilardan bölib klasterni taşkil etdik», – dedi u.

Quyi Çirçiq tumanida faoliyati yölga qöyilgan «TCT cluster»da bugungi kunda 10ga yaqin yönalişda işlab çiqariş jarayoni yölga qöyilgan.

Xususan, klasterda şoli yetiştiriş va uni qayta işlaş zavodi, çorvaçilik kompleksi, yopiq usulda baliq yetiştiriş kompleksi, bio gums va yengil sanoat mahsulotlari işlab çiqariş komplekslari işlab turibdi.

Ma'lumki, uruğni yerga qadaşdan boşlab, undan yuqori va qöşimça qiymatli mahsulot işlab çiqariş, tayyor mahsulotlarni içki bozorga va eksportga yönaltirişgaça bölgan işlarni birlaştiruvçi tizim bu – klasterdir.

Ayni paytda dunyoning bir qança davlatlarida bu tizim qöllaniladi. Masalan, klaster tuzilmalari yengil sanoatda Şveytsariya, Avstriya, Italiya, Daniya, Hindiston, Janubiy Koreya, Pokiston, Xitoy va Turkiyada, kimyo hamda maşinasozlik sanoatida Germaniyada, oziq-ovqat va kosmetika sanoatida Fransiyada joriy etilgan.