Eslatib ötamiz, mazkur xalqaro konferensiyada yigirmaga yaqin davlatdan ulamolar, islomşunos olimlar, nufuzli ta'lim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot markazlari rahbarlari qatnaşdi.

Yakuniy yalpi yiğilişda qayd etilganidek, ikki kun davomida asosiy va ikkita şö'ba majlislarida qirqdan ortiq ma'ruza tinglandi.

Ma'ruzalarda Imom Abu Mansur Moturidiy şaxsi va aqidaviy qaraşlari, moturidiylikning mafkuraviy asosi, moturidiya kalom maktabiga oid yangi manbalar, uşbu ta'limotning bugungi kundagi ahamiyati haqida fikr bildirildi.

Jumladan, Pokiston boş muftiysi, Karaçi islom universiteti prezidenti Muhammad Rafi' Usmoniy öz ma'ruzasida hozirgi kunda internet tarmoği orqali moturidiylik ta'limotiga ayovsiz hujumlar uyuştirilayotgani bilimsizlik natijasi ekanini qayd etdi.

Malayziya islom ilmlari universiteti professori Kamoliddin Nuriddin Marjuniy moturidiya ta'limoti ahli sunna aqidasini himoya qiliş, uning raqiblariga raddiya berişda ulkan fazilatlarni namoyon etib borayotgani, uning taassubdan yiroqligi, mö'tadilligi, islom ğoyalarini bağrikenglik tamoyiliga mos tuşuntirişi bilan barçaga örnak bölib kelayotganini aytib ötdi.

Anjuman yakunida bildirilgan taklif va mulohazalar asosida tavsiyalar işlab çiqildi.

Xususan, alloma asarlari bibliografiyasini yaratiş, kitoblarni köproq naşr etiş, ularda ilgari surilgan ğoya va qaraşlarni sodda tilda yoşlarga örgatiş, maxsus sayt yaratib, Imom Moturidiy ilmiy merosi va moturidiya ta'limoti haqida ma'lumot berib boriş, kutubxona taşkil etiş böyiça tavsiyalar işlab çiqildi.

Anjuman qatnaşçilari Al-Azhar universiteti talabalari va tadqiqotçilari örtasida Imom Moturidiy asarlari va moturidiya ta'limoti böyiça an'anaviy tanlov ötkaziş, tanlov ğoliblarining Özbekistonga ilmiy-ijodiy safarlarini uyuştiriş taşabbusini bildirdi.

Yalpi yiğilişda Özbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatçisi R.Qosimov, Al-Azhar majmuasi rahbari, Misr boş imomi Şayx Ahmad Tayyib iştirok etdi.