Kompaniyaning hozirgi logotipi 1997 yildan beri qöllab kelingan. BMW’da ta'kidlanişiça, u allaqaçon eskirib qolgan. Yangi emblema “raqamli asr”da yaşayotgan yangi avlodning markaga e'tiborini tortişi kerak. Logotipni işlab çiqqanlarning fikriça, u mijozlarni boy tarix va keng modellar qatoriga ega brendni özi uçun qaytadan oçişga undaydi.

Yangi logotipda uning asosiy qismi – örtadagi kök va oq rangdagi sektorlar saqlanib qolgan. Aylanuvçi parraklarni bildiruvçi bu elementlar BMW’ning bir vaqtlar aviasozlik kompaniyasi bölganiga işora hisoblanadi.

“Ikki ölçovli” logotipning yangi elementi retro-stildagi şrift hisoblanadi. Bundan taşqari, logotipning qora taşqi aylanasi şaffofga aylangan. Şu tariqa yangi logotipda taşqi aylana avtomobil rangida böladi.
BMW’ning yangi logotipi birinçi bölib i4 modelida qöllanadi. Uşbu maşinaning seriyali işlab çiqariluvçi versiyasi 2021 yilda paydo böladi.












