Joriy yilning 1 mart kuni taxminan soat 13:30larda, fuqaro 26 yoşli E.R. Farğona şahar Ş.Raşidov köçasidagi uylarning biriga mehmon sifatida kelgan.

Farğona viloyati IIB axborot xizmati xabariga köra, u uy egasi, 28 yoşli A.A.ning boşqa xonaga kirganligidan foydalanib, unga tegişli bölgan oq rangli “Spark” rusumli avtomaşina kalitini yaşirin ravişda olib, uşbu kalit yordamida hovlida turgan avtomaşinani olib qoçib ketgan.

Mazkur holat yuzasidan Farğona viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida taxminan soat 23:45larda Farğona şahar “Neftçilar” öyingohi oldida E.R. “Spark” rusumli avtomaşinani boşqarib ketayotganligi aniqlanib, tösib uşlangan.

Olib borilgan dastlabki tergov harakatlari davomida E.R. avtomaşinaning 4 dona quyma diskasi va şinalarini fuqaro 26 yoşli A.O.ga jami 120 AQŞ dollari hamda 480 ming sömga sotib, avtomaşinaga eski turdagi şinalar örnatganligi aniqlanib, sotib yuborilgan 4 dona diska va şinalar A.O.dan aş'yoviy dalil tariqasida rasmiylaştirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Farğona şahri böyiça IIO FMB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan. 

Jinoyat işida E.R. gumon qilinuvçi tariqasida iştirok etişga jalb qilingan va örnatilgan tartibida uşlangan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.