Ukraina oliy radasi Şmigal boşçilik qiladigan yangi hukumat tarkibi uçun ovoz berdi.
Ta'kidlanişiça, yangi hukumatda avvalgisidan 3 vazirgina qolgan. Bular içki işlar vaziri Arsen Avakov, adliya vaziri Denis Malyuska va infratuzilma vaziri Vladislav Krikliy. Şuningdek, axborotlaştiriş masalalari bilan Mixail Fyodorov şuğullanişda davom etadi, u boş vazir örinbosari lavozimida qoldi.
Bundan taşqari, sobiq taşqi işlar vaziri Vadim Pristayko hukumatda qoladi, u yevrointegratsiya masalalari böyiça boş vazir örinbosari lavozimini egallaydi.
Taşqi işlar vaziri lavozimini Dmitriy Kuleba, mudofaa vaziri lavozimini Andrey Taran egalladi.
Şuningdek, ijtimoiy siyosat vaziri etib Marina Lazebnaya, moliya vaziri etib Igor Umanskiy, yoşlar va sport vaziri etib Vadim Gutsayt tayinlangan.
Bundan taşqari, okkupatsiya qilingan hududlarning reintegratsiyasi masalalari böyiça vazir lavozimini Aleksey Reznikov, faxriylar işlari böyiça vazir lavozimini Sergey Bessarab, soğliqni saqlaş vaziri lavozimini Ilya Yemets, vazirlar mahkamasi vaziri lavozimini Oleg Nemçinov, avval Şmigal egallagan jamoalar va hududlarni rivojlantiriş vaziri lavozimini Oleg Nemçinov egallagan.












