Özbekistonda Milliy muzey fondining elektron katalog tizimi yaratiladi. Katalogda respublikadagi muzeylarda joylaşgan barça eksponatlar haqidagi batafsil ma'lumot yaxlit holda jamlanadi.
Qiymati oşkor etilmagan loyiha Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantiriş jamğarmasi tomonidan amalga oşirilmoqda.
Muzeylarning elektron katalogini yaratiş uçun Şveytsariyaning Zetsom kompaniyasi Museum Plus platformasidan foydalanilmoqda.
Mazkur platforma har bir eksponat haqidagi mavjud ma'lumotlarni tartiblaşgan holda saqlaydi. Eksponatning nomi, yaratilgan sanasi, muallifi, muzeyga qanday keltirilgani, hozirgi holati, ötkazilgan restavratsiya jarayonlari – barçasi bitta tizimda jamlanadi.
Madaniyat va san'atni rivojlantiriş bölimi loyihalar böyiça menejyeri Suxrob Şodmonov elektron katalogning qanday işlaşi va qulayligi haqida ma'lumot berdi.
Uning aytişiça, muzeylardagi eksponatlarning elektron katalogizatsiyasi ikki bosqiçda amalga oşirilmoqda. Birinçi bosqiçda xodimlar öz muzeylaridagi har bir eksponat haqidagi ma'lumotni platformaga kiritadi. Bu jarayonni töğri amalga oşiriş tartibi muzey xizmatçilari uçun Zetsom kompaniyasi vakillari ötkazgan seminarlarda tuşuntirilgan.
«Bu tizim muzey xodimlarining işini osonlaştiradi. Ilgari bitta eksponat haqida ma'lumot topiş uçun örtaça 4 soat vaqt sarflaşga töğri kelgan. Eksponatning raqami asosida qoğoz hujjatlarni titkilab topiş talab etilardi. Bu platforma esa oddiy qidiruv tizimiga eksponat raqamini kiritiş orqali bir zumda ma'lumotlarni topiş imkonini beradi. Bunga atigi 4 soniya ketişi mumkin.
Platformaning asosiy afzalligidan yana biri şundaki, eksponatlar haqidagi ma'lumotlar xavfsizligi ta'minlanadi. Ya'ni ma'lumotlar yagona tizimga jamlangandan keyin unga kiritilgan har qanday özgartiriş monitoring qilinadi. Eng quyi bosqiçda muzey xodimi ma'lumotni kiritsa, eng yuqori bosqiçda Madaniyat vaziri ma'lumotlar özgartirilmaganmi, kim tomonidan qanday va qaçon özgariş kiritilganini kuzatib borişi mumkin böladi», ― deydi Suxrob Şodmonov.
Katalogizatsiya jarayonining ikkinçi bosqiçida keng omma foydalanişi uçun möljallangan taşqi virtual galereya yaratilişi möljallangan.













