Toşkent şahar transport va yöl-transport infratuzilmasini rivojlantiriş boş boşqarmasi maʼlumotiga köra, quriliş munosabati bilan Şahrisabz va Istiqbol köçalari kesişmasida çapga buriliş vaqtinça çeklangan.

Şu sababli mazkur çorraha orqali ötuvçi beşta avtobus yönalişi şahar markazidan harakatlanişda vaqtinça Şahrisabz, Maxtumquli va S. Azimov köçalari orqali qatnaydi.

Boşqarma hududda transport oqimi ortişi va tirbandliklar yuzaga kelişi mumkinligini bildirgan. Bu avtobuslarni kutiş vaqti uzayişiga olib kelişi mumkin. Zarur hollarda yönalişlar harakatiga qöşimça özgartirişlar ham kiritiladi.

Yölovçilardan qatnovlarini oldindan rejalaştiriş söralgan. Çeklovlar qaçongaça amal qilişi eʼlonda körsatilmagan.