Uşbu tadbirkorlar ayni masala yuzasidan avval ham tahririyatimizga murojaat qilişgan edi. Biroq ötgan davr içida ular bilan rasmiy bitim imzolanganidan bölak işda birorta siljiş bölmagan.

Murojaatçilarning aytişiça, ularning tuman markazida joylaşgan dökonlari tuman hokimi buyruği bilan buzilgan, kompensatsiya puli esa hanuzgaça tölanmayapti.

Holbuki, tuman hokimligi tadbirkorlar bilan kompensatsiya tölaş borasida bitim imzolab, muhrlab bergan.

Murojaatçilar dökonlarni buzişda qöşni tumanlardan içki işlar xodimlari kelib, ularning qarşiligiga qaramasdan mavjud bino va inşootlarni buzib taşlaşganini gapirib berişdi.

Tuman markazida «Obod markaz» dasturi asosida quriliş işlari olib borilmoqda.

Tadbirkorlarning buzilgan dökonlari örniga köp qavatli turar joy binolari qurilmoqda.

Biz mazkur masala yuzasida tuman hokimi Erkin Alimov bilan telefon orqali gaplaşdik.

Tuman hokimi muammodan xabari borligi, tadbirkorlarga albatta kompensatsiya pullari mahalliy budjet hisobidan tölab berilişi, ularning barçasi bilan bu borada bitim imzolanganini ta'kidladi.

Biroq, bitimda kompensatsiya mablağlari 2020 yilning fevral oyiga qadar tadbirkorlarga tölanişi belgilab qöyilgan esa-da, mana, mart kirib keldiki, hali va'da bajarilmagan.