Shavkat Mirziyoyev: «Katta-katta tashkilot va kompaniyalar rahbarligiga ayollarni tayinlash tashabbusi davom etadi»

Foto: Prezident matbuot xizmati
Bugun, 8 mart kuni Toshkentdagi «O‘zekspomarkaz» Milliy ko‘rgazmalar kompaniyasi pavilonida Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi va xotin-qizlarni bayram bilan tabriklab, nutq so‘zladi.
Kun.uz muxbiriga ko‘ra, davlat rahbari o‘z nutqida tuman hokimi lavozimiga ayollarning tayinlanayotgani masalasi bo‘yicha izoh berib o‘tdi.
«Tariximizda ko‘p sonli ayollarni hokimlikka qo‘yish hali bo‘lmagan. Yoki bo‘lganmi? Bunga men tashabbuskor bo‘lib, xohish bildirdim. Chunki ayollar bo‘lgan joyda adolat, poklik bo‘ladi.
Biz yaqinda ayollarimizni jamiyatdagi barcha sohalarda munosib o‘rin egallashlari bo‘yicha yo‘l xaritasini qabul qilamiz.
Men bir qancha tumanlarda hokimlik vazifasi bo‘yicha ayollarga ishonch bildirdim. Ular bilan suhbat chog‘ida aytdimki: «Hech narsadan qo‘rqmanglar!».
Bilasizlarmi, biz juda qiyin davrda yashayapmiz. Dunyoda nimalar bo‘layotgani, qanday-qanday urushlar ketayotganini ko‘ryapsizlar. To‘g‘ri, shunday paytda tashqi siyosat juda muhim, lekin ichki masalalar, ichki muhit barqarorligi, uning yaxshi bo‘lishi bundan-da muhim.
Men ishonaman, ayollar rahbar bo‘lgan mana shu tumanlarimizda adolat bayrog‘i boshqacha hilpiraydi. Biz hokimlikka saylangan rahbar ayollarimizga doim yordam beramiz, yelkadosh bo‘lamiz.
Yana shuni qo‘shimcha qilishim kerakki, bundan keyin ham mamlakatimizdagi katta-katta tashkilot va kompaniyalar rahbarligiga ayollarni tayinlash tashabbusi davom etadi. Biz ularni tayyorlayapmiz. Kimlargadir bu ish yoqmas, lekin menga yoqadi», – dedi prezident.
Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida bir muddat avval Senat raisi lavozimiga Tanzila Norboyevaning saylangani bo‘yicha ham fikrlarini bildirgan.
«Mana ayollardan Tanzila Kamolovna Senat raisligiga saylandi. Buni yengil ko‘rish kerak emas. Buning tagida katta ma'no, mazmun bor. Bu ayollarga, bizning shahar, qishloqlarimizdagi millionlab ayollarimizga bo‘lgan e'tibor namunasi.
Biz butun dunyoga ayollarimizga bo‘lgan e'tiborimizni, hurmatimizni bildirishimiz kerak», deya Shavkat Mirziyoyev so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Uitkoff Putin bilan uchrashish uchun 8 soat kutgani aytildi
Jahon | 18:18
-
Ilon Mask 2026 yil oxirida odamsifat robot Marsga uchishini e’lon qildi
Fan-texnika | 18:03
-
Radarlar qayd etgan tezlikdan 5 emas, 10 km/soat chegirib tashlanishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 17:51
-
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13
Mavzuga oid

20:17 / 27.12.2024
Uchta viloyatda «bulutli» ma’lumotlar markazi ishga tushiriladi

07:50 / 27.12.2024
O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga amaliy tashrifi yakunlandi

20:15 / 26.12.2024
Mirziyoyev: YeOII davlatlari fuqarolariga ichki hujjatlari bilan O‘zbekistonga kirish imkonini berishga tayyormiz

21:19 / 21.12.2024