Xitoyning Yutong kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan elektrobus namunasi poytaxtga keltirildi. Bu haqda "Toşşahartransxizmat" AJ xabar bermoqda.
Işlab çiqaruvçi tomonidan taqdim etilgan ma'lumotga köra, ZK6128BEVG modelidagi mazkur elektrobus 215 k/vat bilan harakatlanadi. Bir marta olingan quvvat bilan 300 kilometrdan ziyod masofani bosib ötadi.
Elektrobus saloni 5 ta kuzatuv kamerasi hamda monitor bilan jihozlangan. Undan taşqari dvigatel qismiga yonğinga qarşi avtomat tarzda işlovçi uskuna örnatilgan. Şuningdek, konditsioner, isitiş tizimi bilan ta'minlangan. 12 metr uzunlikdagi mazkur elektrobus örtaça 70 nafar yölovçiga möljallangan.
Mazkur elektrobus respublika iqlim şaroitida avtobus yönalişlarida bir neça oy davomida sinovdan ötkaziladi.
Uşbu transport vositasi joriy yil 7 martdan 51-yönalişda özining dastlabki qatnovini boşlaşi aytilgan.












