Muqaddima. Muşuk nega haq?
«Alisa möjizalar mamlakatida» asarida Alisa va Çeşir muşugi örtasida şunday bir suhbat keçadi:
«Alisa bir neça funt naridagi daraxt şoxida Çeşir muşugi ötirganini körib, xursand bölib ketdi. Muşuk esa unga jilmayib qöyiş bilangina kifoyalandi.
– Çeşir muşugi, – deya iymanibgina murojaat qildi qiz. – Iltimos, menga bu yerdan qaysi tarafga ketişim kerakligini ayta olasanmi?
– Bu katta ehtimol bilan qayerga ketmoqçi ekaning bilan boğliq, – dedi muşuk.
– Qayerga ketişim unçalik ahamiyatga ega emas.
– U holda, qaysi tarafga ketganing ham u qadar muhim emas.
Alisa biron izoh beriş maqsadida: «Mayli, qayergadir borsam bölgani», – deb qöşimça qildi.
– Albatta, qayergadir borasan, – dedi muşuk. – Qilişing kerak bölgan yagona iş yetarli darajada yöl bosişingdir».
Çeşir muşuki haq. Agar qayerga yöl olganingizni bilmasangiz, har qanday yölni tanlaşingiz mumkin. Ammo möljalni aniq olsangiz, lozim iş bajarilişi uçun nafaqat özingizni, balki boşqalarni ham harakatga keltira olasiz, ularni ilhomlantirasiz. Bu – liderlik demakdir. Liderlikda esa nima qilganingiz emas, balki sizning ta'siringiz ostida boşqalarning nima qilgani köproq ahamiyatga ega.
Qaçondan boşlab ayollar rahbarlik lavozimiga öta boşladilar?
Zamonaviy dunyoda boşqaruvning an'anaviy modellardan uzoqlaşişi, texnologiyaning rivojlanişi va ma'lumotlarga kirişning qulayligi har bir jabhada öziga xos evolyutsiya yaratdi. Uşbu evolyutsiya ayollarga köproq yordam berdi va ayollar taşkilotlarda rahbar lavozimlariga öta boşladilar. Hozirda S&P 500 (Amerikaning Standard & Poor’s tomonidan röyxatga olingan 500ta yirik kompaniyasi) reytingida boş direktorlik lavozimidagi ayollar soni 4,6 foizni taşkil etadi. Ammo tizimli boşqaruv şakllanmagan, ötmişdagi stereotip va bosimlardan töliq xalos bölişga ulgurmagan Özbekiston şaroitida ayol rahbarlarga oson bölmayotgani, oson bölmasligi aniq. Ammo çumçuqdan qörqqan tariq ekmaydi.
Ayol rahbarlarning öziga xos xususiyatlari nimalarda körinadi?
Muloqotdagi tabiiy instinkt egalari













