SpaceX kompaniyasi asosçisi va Tesla rahbari Ilon Mask odamlar yangi koronavirus tarqalişiga aql bilan yondaşmayapti deb hisoblamoqda.
«Koronavirus sababli vahimaga tuşiş ahmoqlikdir», — deb yozdi u Twitter akkauntida.
Koronavirus tarqalişi Tesla işiga ham ta'sir körsatdi. Yanvar oyida Xitoydagi Tesla Gigafactory zavodi işi vaqtinça töxtatildi. Zavod akkumulyatorlar hamda Model 3 va Model Y avtomobillarini işlab çiqaradi. Mask fevralda yangi koronavirusning avj olişi Tesla kompaniyasiga sezilarli salbiy ta'sir körsatişini ma'lum qildi, deb xabar beradi CNBC.
5 mart kuni Tesla boş qarorgohi joylaşgan Kaliforniyada koronavirus sababli birinçi ölim holati qayd etildi. Şundan söng ştatda favqulodda vaziyat rejimi e'lon qilindi. Kaliforniya sohilida 21 nafar yölovçisida koronavirus aniqlangan kruiz layneri karantinga olindi.
Oxirgi ma'lumotlarga köra, butun dunyo böyiça koronavirusga çalinganlar soni 101 ming kişidan oşgan.













