Isroil mudofaa qöşinlari (IDF) ning 1262 askari COVID-19’ni yuqtirib olgan odamlar bilan yaqin aloqada bölganliklari haqida gumon qilinganidan söng ular karantinga ötkazilgan edi.

Kamida 189 nafar askar allaqaçon karantindan qaytarilgan va ulardan faqatgina bir nafari uşbu infeksiyani yuqtirib olganligi tasdiqlandi.

Isroil mudofaa kuçlari kelgusida COVID-19 tarqalişining oldini oliş maqsadida qölidan keladigan barça işlarni amalga oşirişga tayyorligini bildirgan. Şuningdek, çet el safarlari hamda “US European Command”ning “Juniper Cobra 20” maşğulotlari doirasida ötkazilişi rejalaştirilgan harbiy tayyorgarliklar ham noma'lum muddatga qoldirilgan.

“Bu qaror Isroil soğliqni saqlaş vazirligining COVID-19 böyiça yaqinda qabul qilingan körsatmalariga va barça iştirokçilarning soğliği va xavfsizligini ta'minlaşga qaratilgan ehtiyot çoralarini közda tutadi”, deyiladi “ US European Command” bayonotida.

Ayni vaqtga kelib, uşbu virusni dunyo miqyosida 100 mingdan ortiq odam yuqtirib olgan bölib, ulardan 3497 nafari vafot etgan.