Angliya Premer-ligasi 29-turi doirasidagi markaziy uçraşuv «Mançester Yunayted» va «Mançester Siti» klublari örtasida ötdi.
«Old Trafford»da keçgan qarama-qarşilikning 30-daqiqasida hisob oçildi. Brunu Fernandeşning çiroyli uzatmasidan keyin Marsiyal ajoyib zarbasi bilan Ederson darvozasini işğol etdi – 1:0.
Ikkinçi bölimning boşida Aguero hisobni tenglaştirdi, ammo VAR tizimi orqali gol öyindan taşqari holatda kiritilgani aniqlanib, bekor qilindi.
90+7-daqiqada esa Edersonning qöpol xatosidan keyin Maktomini çamasi 35 metrlardan böş darvozani işğol etib, jamoasiga işonçli ğalabani taqdim etdi – 2:0.
Şunday qilib, APL doirasidagi mavsumdagi ikkinçi «Mançester derbisi»da ham Sulşer Gvardiolani mağlub eta oldi.
Muhim öyindagi ğalabadan söng «MYu» oçkolari sonini 45taga yetkazib, 5-örinda qoldi. «Siti» esa 57 oçko bilan 2-örinda bormoqda.
APL. 29-tur. 8 mart (yakşanba)
Mançester Yunayted – Mançester Siti 2:0
Gollar: 1:0 – 30 Marsyal, 2:0 - 90+7 Maktomini.
Mançester Yunayted – De Xea, Uilyams (Bayi, 78), Şou, Lindelef, Uan-Bissaka, Brunu Fernandeş, Matiç, Jyeyms, Fred, Marsyal (Maktomini, 78), Maguayr.
Mançester Siti – Ederson, Otamendi, Joau Kanselu, Zinçenko (Mendi, 77), Fernandino, Bernardu Silva (Marez, 59), Rodri Ernandes, Foden, Gyundogan, Sterling, Aguero (Gabriel Jyezus, 59).
Ogohlantirişlar: Fernandino (29), Rodri Ernandes (30), Fred (42), Joau Kanselu (59).













