Umumiy örta ta'lim maktablaridagi ingliz tili öqituvçilarining malakasini oşirişga qaratilgan uşbu loyihaga AQŞ tomonidan dastlabki 5 million dollar ajratiladi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Tadbirda Xalq ta'limi vaziri Şerzod Şermatov hamda AQŞ elçisi Daniel Rozenblyum ham qatnaşdi. Vazir loyiha haqida batafsil axborot berdi.
«Loyihaning maqsadi – Özbekistondagi ingliz tili öqituvçi-trenerlariga va örta maktab ingliz tili öqituvçilariga kasbiy-professional rivojlaniş uçun imkoniyatlar yaratişga qaratilgan.
ESN:STT dasturi doirasida umumta'lim maktablarining 15 000 nafar pedagoglari hamda 1000 nafardan ortiq trener öqituvçilari işdan ajralmagan holda öquvçilarning ingliz tilidagi bilim va mahoratini oşiriş, şu bilan birga sifatli ta'lim berişga kömak beruvçi metodlarni örganadi.
Uç yillik dastur trenerlarni tayyorlaş va umumta'lim maktablarning ingliz tili öqituvçilari uçun malaka oşirişning kaskad modeli (qisqa muddat içida köp sonli mutaxassislarni tayyorlaş), ta'lim beruvçilar orasida özaro kasbdoşlik kömagini şakllantirişga qaratilgan trenerlik dasturlarini öz içiga oladi.
Dastur uç bosqiçda amalga oşiriladi. Birinçi bosqiçda TESOL xalqaro uyuşmasi va Jorj Meyson universiteti (GMU) tomonidan olib boriladigan intensiv öquv dasturida qatnaşiş uçun har biri 40-45 nafar umumta'lim maktablarining ingliz tili öqituvçilaridan iborat ikkita guruh tanlab olinadi.
Har bir guruh TESOLning 140 soatlik, jumladan Özbekiston umumta'lim örta maktablarida 20 soatlik majburiy amaliyot ötaşni öz içiga olgan asosiy sertifikat dasturida iştirok etadi. Seminar-amaliyotlari mamlakatimiz umumta'lim maktablarida TESOL hamda Jorj Meyson universiteti tomonidan ikki hafta davomida olib boriladi.
Töliq öquv kursini tugatgandan söng nomzodlar TESOL asosiy sertifikatiga ega böladi va Özbekistonning asosiy öqituvçi-trenerlari jamoasiga kiritiladi. Eng kuçli öqituvçi-trenerlar ESNning mahoratli trenerlari bölişi uçun qöşimça treninglarda qatnaşişi mumkin.
Ikkinçi bosqiçda asosiy öqituvçi-trenerlar (CT) Trenerlarni tayyorlaş institutida 10-12 hududdagi kasbdoş mentorlar (RPM) guruhiga trening ötkazadi va ularga mentorlik qiladi.
Uçinçi bosqiçda CTlar trenerligi va rahbarligi ostida RPMlar bir yil davomida 10 nafar maktab öqituvçilarini öqitib, ularga trenerlik qiladi. Şu tarzda












