Aripov Tojikistonga boradi. Kun tartibida elektr energiyasi importi va gaz eksporti
O‘zbekiston va Tojikiston Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi ikki mamlakat bosh vazirlari Abdulla Aripov hamda Qohir Rasulzoda raisligida aprel oyining ikkinchi yarmida Tojikistonning Guliston shahrida bo‘lib o‘tadi.

Foto: KUN.UZ
Tojikiston hukumatidan «Aziya-Plyus»ga xabar berishlaricha, o‘tgan yil oxirida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan komissiya yig‘ilishi «o‘sha paytda Toshkent va Dushanbe o‘rtasida hal qilinmagan munozarali masalalar bo‘lmagani, ammo ikki davlatning munosabatlari barcha yo‘nalishlar hamda sohalarda izchil rivojlangani» sababli boshqa muddatga ko‘chirilgandi.
Bo‘lajak yig‘ilishda asosan Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, gumanitar, madaniy va ilmiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.
Ushbu uchrashuvda Tojikistonning O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berish hajmi, O‘zbekistondan Tojikistonga yetkazib beriladigan tabiiy gaz hajmi va ularning joriy yildagi narxlari masalasi kelishib olinadi.
O‘tgan yili Tojikistondan O‘zbekistonga 1 milliard 425,1 million kVt/s elektr energiyasi har bir kilovatt uchun 2 sent narxida yetkazib berildi. Tojikistondan O‘zbekistonga elektr energiyasi eksport qilishning umumiy hajmi 28,5 million dollarni tashkil etdi.
2019 yilda Tojikiston O‘zbekistondan 17,7 million dollar miqdorida 140 million kubometr tabiiy gaz sotib oldi, o‘tgan yili Tojikiston o‘zbek gazini har ming kub metr uchun 120 dollar narxida oldi.
Tavsiya etamiz
Trampdan Putinga navbatdagi «sovg‘a»: AQSh prezidenti Zelenskiy saylovda yengilishiga ishora qildi
Jahon | 23:06 / 19.02.2025
Muzokarami yoki gurung: AQSh va Rossiya bosh diplomatlari uchrashuvi haqida
Jahon | 20:38 / 19.02.2025
Pensiyani avtomatik tayinlashga o‘tilmoqda. Asosiy savollarga javoblar
Iqtisodiyot | 16:58 / 19.02.2025
“Gaz eksportida iqtisodiy mantiq bo‘lishi kerak” - Shuhrat Rasul
O‘zbekiston | 14:55 / 19.02.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kosta-Rika AQShdan deportatsiya qilingan o‘zbekistonliklarni qabul qilishga rozi bo‘ldi
O‘zbekiston | 01:22
-
AQSh Senati Kesh Patelni Federal tergov byurosi direktorligiga tasdiqladi
Jahon | 00:40
-
Torontoda qo‘nish vaqtida ag‘darilib ketgan samolyot yo‘lovchilariga 30 ming dollardan pul taklif qilindi
Jahon | 00:15
-
Zelenskiy Kiyevda AQSh prezidentining maxsus vakili Kit Kellog bilan uchrashdi
Jahon | 23:34 / 20.02.2025
Mavzuga oid

17:52 / 04.12.2024
Tojikiston va Qirg‘iziston umumiy davlat chegarasini delimitatsiya qilishni yakunladi

17:13 / 29.11.2024
Tojikistonda bolalarni xivchin bilan savalagan ayol ushlangani ma’lum bo‘ldi

16:00 / 23.11.2024
“Prezidentimiz, odamlar ko‘chishga rozimi-rozimasmi, dedilar” – Abdulla Aripov Boysunda bo‘lib qaytdi

08:50 / 22.11.2024