Kun.uz muxbiri Rossiyaga ijodiy safar davomida, rus ayoli bilan turmuş qurib, hozirda olti farzandni voyaga yetkazayotgan qöqonlik vatandoşimiz xonadonida böldi.

Bahrom Raipov rafiqasi Yelena bilan 2011 yilda oila qurgan. Yelenaning aytişiça, ilk bor Qur'on tilovatini tinglaganida köz yoşini tuta olmagan, keyinçalik payğambar tibbiyoti – hijomani örgangan. Bahrom aka esa uy va ofis ta'miri bilan şuğullanadi.

«Bularning xonadonida mehmonxonasini ta'mirlaş kerak bölib qolgan. Ta'mirlaş işlarini olib borayotganimda oilaviy muammolarga ham duç kelib, kuçayib, çuqurlaşib ketgan vaqtlari edi. Şunda Yelena bilan tanişib qoldik. Gapimiz gapimizga töğri keldi. Xudo şuni xohlabdi, oila qurdik», – deydi Bahrom aka.

Uning aytişiça, Yelenaning xristian diniga e'tiqod qiluvçi ota-onasi ularning turmuş qurişiga avvaliga qarşi bölmagan.

«Allohning fazli bilan-da hamma narsa. Ular bizga «braçniy kontrakt»ni taklif qilişdi. Haligaça özimiz ham kulib eslab turamiz.

Keyinçalik, rafiqam namoz öqiy boşlab, römol öraganida biroz qarşiliklar böldi. Vaqt ötib bu muammo ham bartaraf böldi. Hatto mehmonga borganimizda ham halol göştdan ovqat tayyorlaşadi», – deydi Bahrom aka.

– Oila qurganingizga qança vaqt böldi?

– 2011 yilda nikoh öqitdik, 2015 yilda rasman ZAGSdan ötdik. Kiçikkina töy qildik. Akam, kelinoyim, döstlarim kelişdi.

Ikkimiz örtamizda 5 farzandimiz bor. Ayolimning oldingi oilasidan katta öğli alohida bölib, otasining yoniga ketgan. Ikkinçi öğli biz bilan qolgan, unga Alijon deb ism qöyganmiz. 6 nafar farzandni katta qilyapmiz.

– Rossiyaga qaçon kelgandingiz?

– 2006 yilda işlaş niyatida keldim. Şundan buyon borib-kelib turdim. 2011 yildan buyon salkam muqim bölib qoldim, desak ham böladi.

Asli Qöqon şahridanman. Bu şahar hunarmandlar şahri, özim ham ustaman, öymakorlik qilganman. Hozir ham xonadonlar va ofis ta'miri bilan şuğullanib kelmoqdaman.

Töğrisi, Rossiyaga haligaça moslaşa olganim yöq. Çunki, bu yerda özingizni vatandagidek erkin tuta olmaysiz. Mentalitetimiz boşqaçaligi bois, moslaşa olganim yöq.