Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an YeI va'dasini bajarmagunicha qochqinlar uchun chegarani yopmasligini aytdi
O‘tgan haftada Erdo‘g‘an Germaniya kansleri Angela Merkelga “Turkiya va YeI o‘rtasidagi qochqinlar bo‘yicha kelishuv bajarilmayotgani tufayli uni qayta ko‘rib chiqish zarur”ligini aytgandi.
YeI Anqaraga bergan va'dasini bajarmagunicha qochqinlar uchun YeI bilan chegarani yopmaydi, dedi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an.
"26 mart kuni YeI rahbarlari sammitida biz yana bir bor nimalarni kutayotganligimizni bildiramiz. Berilgan va'da bajarilmas ekan, hozirgi vaziyat (qochqinlar uchun Tutsrkiya-Gretsiya chegarasi ochilishi) davom etaveradi", - dedi Erdo‘g‘an.
Uning so‘zlariga ko‘ra, YeI 2016 yil martda Turkiya bilan tuzilgan migratsiya bo‘yicha bitimdagi majburiyatlarini bajarmagan.
"Biz o‘z majburiyatlarimizni bajardik, Yevropaga qochqinlar oqimini to‘xtatdik. Millionlab qochqinlar bizda boshpana topdi. Ammo Yevropa so‘zida turmadi – na qochqinlar uchun moliyaviy yordam, na Turkiya fuqarolari uchun vizani bekor qilish va'dasini bajardi", - dedi Turkiya rahbari.
O‘tgan haftada Erdo‘g‘an Germaniya kansleri Angela Merkelga “Turkiya va YeI o‘rtasidagi qochqinlar bo‘yicha kelishuv bajarilmayotgani tufayli uni qayta ko‘rib chiqish zarur”ligini aytgandi.
Turkiya Suriyaning Idlib provinsiyasida vaziyat keskinlashganidan so‘ng migrantlar oqimini tutib tura olmasligini bildirdi va YeI bilan chegaralarni ochib yubordi. Turkiyaning qo‘shnilari – Gretsiya va Bolgariyaga migratsion inqiroz xavf solmoqda.
Mavzuga oid
15:55
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
09:15 / 10.06.2026
AQSh Kongressi migratsiya xizmati uchun 70 milliard dollar ajratdi
20:30 / 09.06.2026