“Futbolni 22 kişi öynaydi, lekin nemislar ğolib bölişadi”. Gari Linekerning bu sözlarini barça muxlislar bilişadi. Maradonaning “Agar u yerda kimningdir qöli bölsa, bu yaratganniki” degan iborasi ham butun dunyoga maşhur. Qolaversa, “Maydon tekis, töp dumaloq”, “Buni futbol deydilar” kabi egasiz jumlalar ham muntazam aytib yuriladi. E'tiboringizga futbol olamida öçmas iz qoldirgan insonlarning maşhur iboralarini havola qilamiz.
Miroslav Kloze
“Parvardigor bizga qanot bermagan, ammo töp tuhfa qilgan va bu bizga köproq yoqişini bilgan”;
Bob Peysli, “Liverpul”ning afsonaviy murabbiyi
“Agar sen jarima maydonida töpni nima qilişni bilmay qolsang, şartta gol ur. Öyin tugaganidan keyin esa biz öşa paytda yana nimalar qiliş mumkinligini xotirjam muhokama qilamiz”;
“Bölajak qaynotam mendan nima iş qilişimni söragan. Futbolçiligimni aytganimda qoşlari çimirilgan. Men unga professional futbolçiligimni ta'kidlaganman. “Xöp, lekin sening birorta kasbing ham bormi?” deya qayta söraganida “Ğişt terişni bilaman” deya javob berganman. Uning yuzi yorişib ketgandi”;
“Liverpul”dagi faoliyatim har doim ham omadli keçmagan. Masalan, bir marta ikkinçi örinni olganmiz”;
Erik Kantona
“Xotinni, maşinani, hatto dinni almaştiriş mumkin, ammo sevimli jamoani almaştirib bölmaydi”;
Zinedin Zidan
“Xatolar qilmaslik uçun tajriba töplaş kerak. Tajriba töplaş uçun esa xato qiliş lozim”;
“Futbol öynaşga poyabzalim bölmagani uçun yiğlaganman. Lekin kunlarning birida oyoği yöq odamni uçratdim...”;
“Sening qanday ketişing muhim emas. Eng muhimi, sening kim bölganing”;
Jorj Best, “MYu”ning sobiq yulduzi
“Bekhem çap oyoqda öynay olmaydi, boş bilan gol ura olmaydi. Kuraşlarda çaqqon emas va kam gol uradi. Qolgan masalalarda yomon emas”;
“Mening hamma ahmoqliklarim unutiladi. Hamma faqat futbolni va urgan gollarimni eslaydi. Heç bölmasa bir kişi meni zör futbolçi deya eslasa, şuning özi kifoya”;












